Mavzu: Kreditlash tizimi va ularning zamonaviy shakllari
Download 239.77 Kb.
|
Kreditlash tizimi va ularning zamonaviy shakllari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kredit ta’minoti: mohiyati, turlari va ahamiyati
1-chizmaGermaniyaning kredit tizimi boshida Bundesbank turadi. Uning asosiy bo’g’ini yuqori universallashgan tijorat banklari hisoblanadi. Germaniya gros (yirik) banklari tashqi savdoning 60% to’lovini o’tkazib beradi. Kredit ta’minoti: mohiyati, turlari va ahamiyatiMijozlar bankdan kredit olishda ko’p hollarda qo'shimcha ta'minot taqdim qilinishi talabi bilan duch keladi. Masalan, mol-mulkni garovga qo’yish yoki kafil berish. Kredit ta’minoti o’zi nima, u nega zarur va nima ta’minot sifatida qabul qilinishi mumkin, batafsilroq aytib beramiz. Kredit ta’minoti: bu nima va u nega kerak? Banklar turli mahsulotlardan daromad oladilar, ularning eng daromadlisi esa bu kreditlardir. Berilgan pulning qaytarilishini ta'minlash maqsadida banklar turli xil choralarni qo'llashlari mumkin: qarz oluvchini diqqat bilan tekshirish, to'lov qobiliyatini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish, faqat ma'lum toifadagi mijozlar bilan ishlash va hokazo. Ammo risklarni minimallashtirish uchun kreditor kredit garovi ko'rinishidagi qo'shimcha kafolatlardan ham foydalanishi mumkin, bu esa kreditni to'lamay qolish ehtimolini sezilarli darajada kamaytiradi. Ta'minot - berilgan kredit bo'yicha bank manfaatlarini himoya qilish mexanizmlaridan biri. Darhaqiqat, bu bankka qarz oluvchi moliyaviy muammolar yuzaga kelgan taqdirda ham olingan mablag'larni foizlar bilan qaytarishiga ishonch hosil qiladigan kafolatdir. U asosan mijoz katta miqdordagi kredit olishni xohlasa yoki uning kredit tarixi shubhali bo'lsa (yomon kredit tarixi) qo'llaniladi. Kreditlarni ta'minlash qarz oluvchiga ham bir qancha imkoniyatlarni beradi: kattaroq miqdorda kredit olish imkoniyati; kredit shartnomasini uzoqroq muddatga rasmiylashtirish; so’ralgan kredit miqdori tasdiqlanishi ehtimoli yuqoriroq bo’lishi. Ushbu munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni bilan tartibga solinadi: Banklar garov, kafolatlar, kafillik, majburiyatlar asosida va majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning qonunda nazarda tutilgan boshqa usullari asosida kreditlar beradi. Har bir bank majburiyatlarni bajarish tartibini mustaqil ravishda belgilaydi va ularni shartnomada belgilab qo’yadi. Agar shartnoma majburiyatlari buzilgan bo'lsa, kreditor qo’shimcha foiz hisoblash, shuningdek o’zining undirish huquqidan foydalanishi mumkin - mol-mulkni sotish, kompensatsiya talab qilish, kafilni javobgarlikka tortish va h.k. Kredit ta'minotining asosiy shakllari Mijozning toifasiga (jismoniy yoki yuridik shaxs) qarab, bank kredit operatsiyalarini amalga oshirishda qo'shimcha kafolatlar olishning turli shakllarini qo'llashi mumkin. Bank mahsulotlari ta’minotining barcha shakllarini ikki turga bo'lish mumkin: asosiy shakllari: garovga qo'yiladigan mol-mulk, jismoniy yoki yuridik shaxsning kafilligi, sug'urta; qo'shimcha shakllar : bank kafolati, bank depoziti. Garov shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarishning eng samarali usullaridan biri bo'lib, banklarda eng ko'p qo'llaniladigan ta'minoti turi hisoblanadi. Kreditlashning ayrim turlari (ipoteka va avtokreditlar) uchun garov shartnomasini rasmiylashtirish majburiy talab hisoblanadi. Hujjatlarda garovga qo'yilgan mol-mulkning tavsifi, uning baholash qiymati, tomonlarning huquqlari va shartnoma muddati davomida ushbu mulkdan foydalanish tartibi belgilanishi shart. Kredit shartnomasi amalda davri mobaynida qarz oluvchi uni to'liq tasarruf eta olmaydi, deyarli barcha operatsiyalar faqat qarz beruvchi (garovga oluvchi) bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Qarz oluvchilar uchun qanday imtiyozlar mavjud? Bu garovning qiymatiga bog'liq. Agar ipoteka yoki ko'chmas mulk bilan ta'minlangan kredit haqida gapiradigan bo'lsak, unda mijoz pastroq foiz stavkalari, uzoqroq to'lov muddati yoki kattaroq miqdorda kredit olishi mumkin yoki bu buzilgan kredit tarixi bilan kredit olish imkonini beradi. Download 239.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling