Mavzu: lingvokriminalistika va lingvistik ekspertiza mohiyati


Lingvistik ekspertizaning asosiy obyekti va qonuniy asoslari, lingvistik mohiyati


Download 336.5 Kb.
bet7/9
Sana17.06.2023
Hajmi336.5 Kb.
#1532902
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
LINGVOKRIMINALISTIKA VA LINGVISTIK EKSPERTIZA MOHIYATI

2.2.Lingvistik ekspertizaning asosiy obyekti va qonuniy asoslari, lingvistik mohiyati
So‘nggi vaqtlarda shaxsni obro‘sizlantirish, shaxsiyatiga daxl qilish mazmunli birliklar sirasida haqorat bilan bog‘liq murojaatlarning soni ortib bormoqda. Endilikda lingvist-ekspertlar murojaatchilarning arizalariga muvofiq ijtimoiy tarmoq orqali uzatilgan xabarlar, shaxsiy xatlar, shuningdek, haqoratning verbal ko‘rinishi bo‘yicha murojaatlar ko‘paymoqda. Turli tipdagi matnlar, xususan, shaxsiy yozishma, ijtimoiy tarmoq orqali uzatilgan xabar, ommaviy chiqish, og‘zaki murojaatlar orqali ifodalangan haqoratda so‘zning asosiy va kontekstual ma’nosini aniqlashtirish, nutqiy vaziyatni baholash uchun lingvist, psixologlarga ehtiyoj tug‘iladi. Aynan ana shunday holatlarda so‘zning salbiy (haqoratli)lik darajasi, ma’no ottenkasini aniqlashda lingvist-ekspertlar muayyan muammolarga duch kelmoqdalar. [Musulmonova, 2022:25] Umuman obro‘sizlantirish quyidagi mazmunga ega: obro‘siz qilmoq, obro‘yiga putur yеtkazmoq. O‘zbekiston Respublikasi jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi hamda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarda obro‘sizlantirishga yuridik ta’rif quyidagicha beriladi: sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, yolg‘on ma’lumot tarqatish orqali boshqa shaxsning shaxsiyatiga daxl qilish (lingvistik tarkibiy qism); haqorat(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 140-moddasi) – nomaqbul shaklda (huquqiy tarkibiy qism) ifodalangan boshqa shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish (lingvistik tarkibiy qism); bezorilik (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi) – fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik yoki uni ishlatish bilan tahdid qilish orqali ifoda etilgan jamiyatga nisbatan aniq hurmatsizlik namoyishi (lingvistik komponent, ya’ni jamiyat ishtirokchilariga haqoratli ta’sir);(huquqiy tarkibiy qism); shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini (lisoniy tarkibiy qism) o‘z xizmat vazifalarini bajarishga nisbatan haqorat qilish (huquqiy tarkibiy qism); kamsitish(O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi) – jabrlanuvchi shaxsiyatiga qaratilgan kamsitish, tahqir elementlarining matn tarkibida mavjudligi va ma’no ifodasi(lingvistik qism), kamsitish natijasida shaxsga yеtkazilgan ma’naviy va jismoniy zarar(huquqiy tarkibiy qism); obro‘sizlantirish(O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 192-modda); shaxsni obro‘sizlantirishga qaratilgan nutq aktida ishtirok etuvchi leksik birliklarning semantik tabiatini o‘rganish (lingvistik tarkibiy qism); agarda ishlatilgan leksik birlik shaxs sha’ni, obro‘siga putur yеtkazishga maqsadli ravishda qaratilgan bo‘lsa(yuridik tarkibiy qism), vaziyatni baholash. [Jinoyat kodeksi, 2021:14] Hozirgi kunda ushbu mavzu yuzasidan murojaat qilayotganlarning asosiy qismini ijtimoiy tarmoqlar orqali turli nojo‘ya, insonning shaxsiyatiga tegadigan haqorat, so‘kish, qarg‘ish, la’natlash kabi vositalar orqali obro‘sizlantirilgan kishilar tashkil qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatilgan videomurojaatlar, kommentlar tahlil qilinganda, turli mazmundagi haqorat semasiga ega birliklar aniqlandi. Xususan: “Hozirdan jipillamasdan Allohni o‘yla, eshshak tezagi”. Videomurojaatga bildirilgan ushbu komment ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisining shaxsiy munosabatini ifodalashi mumkin, biroq muallifga nisbatan qadr-qimmatini yеrga urish holati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ekspertiza jarayonida nutqda qo‘llanilgan so‘zlarning haqorat/haqorat emaslik darajasi baholanadi. Quyida, berilgan misoldagi so‘zlarni izohlab o‘tamiz: Jipillamoq- qiyshanglamoq, yarashmaydigan qiliqlar qilmoq; Eshshak- 1 Yakka tuyoqlilarga mansub, quloqlari uzun, sutemizuvchi, otdan kichik ish hayvoni. Eshak minganning oyogʻi tinmas. Maqol . n Boboqul ham yuklarini eshagiga ortib boʻlgan edi. S. Anorboyev, Oqsoy. Qishloq dehqonlari eshak aravalarda oʻrik, tut, terak sarjinlari.. yuklab bormoqda edilar. M. Ismoiliy, «Fargʻona t» . o. 2 koʻchma Befahm, hech narsaga qiziqmaydigan odam haqida. Ishqi yoʻq — eshak, dardi yoʻq — kesak. Maqol . 3 (talaffuzda koʻpincha eshshak) Shu hayvonga nisbatli haqoratni bildiradi. 4 Toʻrt yoki koʻp oyoqli uzun skameyka, oʻtirgich. Mulla Obid javob oʻrniga qoʻl siltab, Berdi tatar oʻtirgan yogʻoch eshakning ikkinchi boshiga kelib oʻtiradi. A. Qodiriy, «Obid ketmon» . 5 shv. Chayon. 6 s. t. Xarak. Dutor eshagi. 7 s. t. Gimnastika mashqlari uchun belgilangan toʻrt oyoqli uzun, usti charm bilan qoplangan moslama; kozyol. Koʻp gap eshakka yuk. Ortiqcha gap-soʻzning foydasizligi haqida aytiladigan ibora. Mulla mingan eshakday Juda itoatli, yuvosh. Qamoqda ezilsa, mulla mingan eshakday, boʻynini solib, bir kunmas-bir kun balki chiqib kelar.. Oybek, «Tanlangan asarlar» . 1 Hayvon yoki qush axlati; goʻng. Mol tezagi. m Yigitlar qoʻylarning siydik va tezaklariga bulgʻanib yotgan tutqunlarning qoʻl-oyoqlarini yеchib, qoʻradan haydab chiqarmoqchi boʻldilar. S. Ayniy, «Qullar» . -Oq qushlarning tezagi oppoq boʻlar ekan, — dedi Shum bola. Gʻ. Gʻulom, Shum bola. 2 Qurigan yoki yoqish uchun maxsus quritilgan goʻng (asosan, mol goʻngi). Haydar.. oʻchoq ichiga koʻmilgan oʻtni ochib, ustiga bir dona tezak qoʻyib, puflab, bir oz yashnatdi. S. Ayniy, «Qullar» . Oʻchoqda tezak miltillab yonar, qora chovgum biqir-biqir qaynardi. S. Anorboyev, «Oqsoy» . Teng tengi bilan, tezak qopi bilan. Har kim mavqeyi, obroʻyi jihatidan oʻziga teng, muvofiq kishi bilan boʻlishi lozim, degan maʼnodagi maqol. Teng tengi bilan, tezak qopi bilan! Bozorov — bir qop tezak! Adolatning tengi — Normat. I. Raqim, «Chin muhabbat» . [Ўзбек тилининг изоҳли луғати, 2006:245] Bu kabi so‘zlar to‘g‘ridan to‘g‘ri insonning shaxsiyatiga putur yеtkazadigan, qo‘shtirnoq ichidagi haqoratomuz so‘zlardir.Yuqorida keltirilgan vaziyatlar singari ijtimoiy tarmoqlarda shaxs haqida turli yolg‘on axborot tarqatish hollari ham ko‘plab uchramoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13, 27 va 48- moddalarida inson, uning sha’ni, qadr-qimmati, erkinligi va boshqa huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi, har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish, hamda fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunning 6-moddasida quyidagilar ta’kidlanadi: “...Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi.” [Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi Qonun, 2021:12 ]. Demak, ma’lum bir shaxs ijtimoiy kelib chiqshidan qat’iy nazar, shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega. Ushbu huquqning buzilishi esa qonuniy javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. Shaxsning daxlsizligini ta’minlash, voqe’likka obyektiv baho berishda lingvistik ekspertizaning roli beqiyos.
Bir soʻz bilan aytganda qonun hujjatlari loyihalarini til qoidalariga mosligini oʻrganish deb xulosa berish mumkin. Uning huquqiy asoslariga keladigan boʻlsak, Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiquvchining yoki normativ-huquqiy hujjat qabul qilish huquqiga ega boʻlgan organning qaroriga koʻra lingvistik ekspertizadan oʻtkazilishi mumkinligi belgilangan.
Hukumatning 2021-yil 28-oktyabrdagi 662-son qaroriga muvofiq esa, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 2023-yil 1-yanvardan lingvistik ekspertizadan oʻtkazilishi belgilangan.
Aslida qanday edi, tajribadan kelib chiqib aytish mumkinki, lingvistik ekspertiza boʻyicha qonunchilik mustahkamlangan boʻlmasada, qonun loyihalarini ishlab chiquvchilar, qonun chiqaruvchi organ tarkibida turli tarkibiy qismlar boʻlib, lingvistik ekspertiza komissiyalari mavjud.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq yangi ishlab chiqilayotgan loyihalar endilikda huquqiy ekspertizalar qatorida shu jarayonda ilk lingvistik ekspertizadan oʻtkazilishi belgilangan. Qarorda belgilangani kabi 2023-yil 1-yanvardan boshlab loyihani ishlab chiquvchining tashabbusi bilan yoxud topshiriqqa asosan vazirlik, idoralar bilan kelishishdan oldin loyiha matni davlat tili qoida va talablariga muvofiqligini tekshirish maqsadida lingvistik ekspertizadan oʻtkaziladi, demak loyiha birlamchi ishlab chiqilganida shu tashkilotning oʻzida oʻtkazilishi belgilangan.
2022-yil davomida qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish va lingvistik ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan bir necha bor seminarlar, oʻquv darslari oʻtkazildi.
Xoʻsh, lingvistik ekspertiza oʻzi nima va uni qanday oʻtkazamiz?
lingvistik ekspertiza bu — loyiha matni oʻzbek tilida qabul qilinsa, demak shu til qoida va talablariga muvofiqligi mutaxassis tomonidan oʻrganilishi va unga adabiy til normalari asosida toʻgʻri xulosa berilishi koʻzda tutiladi. Mamlakatimizda normativ-huquqiy hujjatlar davlat tilida qabul qilinadi, aynan davlat tilida ish yuritish, uning qoidalariga mos kelishi shu lingvistik ekspertiza talablariga kiradi.
Taqdim etilgan loyiha matnining davlat tili, imlo, uslubiy, grammatik va punktuatsiya qoidalariga muvofiqligini tekshirish, loyiha matni aniq va tushunarli bayon qilinganligi, soʻz birikmalari toʻgʻri tanlanganligiga hamda oʻzaro toʻgʻri bogʻlanganligiga baho berish, loyihada yangi atamalar qoʻllanilganda, ularga mos taʼrif berilishini tekshirish hamda mantiqiy, tahririy xato-kamchiliklarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan tavsiyalarni ishlab chiqishga qaratilgan. Loyihada soha atamalarining toʻgʻri qoʻllanilishi, yangi atamalar qoʻllanilganda, ularga mos taʼrif berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, jumlalarning soddaligi va qisqaligi, taʼriflarning aniqligi hammaning talqinida bir xil maʼno berilishiga eʼtibor qaratiladi. Imlo, uslubiy, grammatik va orfografiya qoidalariga mosligi esa tilning sofligiga xizmat qiladi. Loyiha matni lingvistik ekspertizasi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli organlar bilan kelishishdan avval normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqqan organ tomonidan oʻtkaziladi. Lingvistik ekspertizani oʻtkazishning bir nechta bosqichi mavjud. Lingvistik ekspertizadan oʻtkazish natijasi boʻyicha loyiha matnida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilganidan soʻng tashabbuskor organ tomonidan boshqa tegishli manfaatdor organlarga kelishiga yuboriladi. Toʻgʻri, bu yerda ayrim savollar turli xil qarashlar boʻladi. Lekin, aniq bir savol tugʻiladi, masalan, loyiha lingvistik ekspertizadan oʻtkazilganidan keyin xulosa ekspertiza oʻtkazgan shaxs tomonidan imzolanadi va lingvistik ekspertiza natijalari boʻyicha qabul qilingan xulosaning sifati uchun javobgar hisoblanadi. Endi savol tugʻiladi, kelishish jarayonida normativ-huquqiy hujjat loyihasi matni oʻzgarib ketsa, birinchi lingvistik ekspertiza xulosasi nima boʻladi yoki unga kim javob beradi?
Albatta, bu savolga tezda javob olish qiyin, buni amaliyot koʻrsatadi, ammo shunday hollarda loyihani ishlab chiqqan tashabbuskor organ tomonidan oʻtkazilgan lingvistik ekspertiza xulosasini aynan shu organ himoya qilishi lozim deb oʻylaymiz.
Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, amaliyotda bunday hollar uchrab turadi, loyihani puxta ishlab chiqish, davlat tili qonun-qoidalariga tayanilishi va oʻzbek tilining adabiy til normalaridan kelib chiqishi davlat tilini yanada mustahkamlaydi hamda til siyosatini yanada takomillashtirishga, avlodlarimizga tilning sofligini saqlab yetkazishimizga xizmat qiladi.
Konfliktli matnda mualloif identifikatsiyasini amalga oshirish, u haqidagi bir nechta ma’lumotlar ni aniqlash jarayonini qamrab oladi. Identifikatsiyani quyidagi tamoyillarga muvofiq amalga osbhirish mumkin:
1. Muallifning jinsi va taxminiy yoshi qancha?
2. Hujjat muallifining kasbi nima?
3. Matn yozilgan til matn muallifining ona tilimi?
4. Ushbu matn ilmiy (jurnalistik, rasmiy-ishbilarmonlik) nutq uslubiga ega bo‘lgan odam tomonidan yozilganmi?
5. Yozma matnni bajarish shartlarini belgilashni talab qiladigan bahsli vaziyatlarda.
6. Matn yozma tilni qasddan buzish bilan tuzilganmi?
7. Qo‘lda yozilgan matn muallifi va ijrochisi bitta odammi? Ikkinchisini tuzish paytida o‘rganilayotgan matn muallifi qaysi holatda bo‘lgan: normal yoki g‘ayrioddiy fiziologik holatda (alkogol yoki giyohvandlik holati, stress, jismoniy charchoq, kasallik va boshqalar)? Og‘zaki taqdimot, qo‘lda yozilgan yozuv yoki kompyuterda terilgan hujjat bo‘lsin, har bir insonning nutqi o‘ziga xos. U muallif va uning xarakteristikalari haqida deyarli barmoq izlaridagi ma’lumotlarga o‘xshab guvohlik berishi mumkin. Matnning ijrochisi va muallifini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar matn muallifligi shubha tug‘dirganda, plagiat, anonim yoki psevdo-anonim mualliflik, shuningdek, stilizatsiya va taqlid qilishda shubhalar mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Tadqiqot obyekti to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozma nutqning mazmuni va xarakterli xususiyatlari, uning qo‘li bilan yozilgan yoki bosma nusxasida, qo‘l yozuvi imtihonidan farqli o‘laroq, obyekti grafik komponent hisoblanadi. Ijrochini va matn muallifini aniqlash bo‘yicha ekspertizadan mualliflik huquqiga rioya qilingan hollarda sudgacha tekshirishlar va sud majlislari paytida murojaat qilinadi. Shuningdek, ijrochi va matn muallifini identifikatsiya qilish tartibi suddan tashqari xarakterga ega bo‘lishi mumkin, agar talabnoma beruvchi sud idoralariga murojaat qilishni maqsad qilmasa. Tadqiqotning ekspert muallifi, ijrochi va matn muallifini aniqlash bo‘yicha tadqiqot doirasida ikkita muammo guruhini hal qiladi: identifikatsiya va diagnostika. Identifikatsiya tushunchasi identifikatsiyalashni, turli xil obyektlarning o‘zaro munosabatini to‘liq aniq shaklda anglatadi. Siz odamni, masalan, hujjatlar, barmoq izlari yoki DNK molekulasi orqali aniqlashingiz mumkin. Shuningdek, matn muallifligini – ekspertga tegishli bo‘lgan ma’lum mezonlarga muvofiq belgilash mumkin. Identifikatsiya qilish vazifalari matnga va ba’zi bir aniq shaxslarga mos keladigan masalalarni o‘z ichiga oladi. Matn muallifi yoki muallifini aniqlash mualliflik huquqi bo‘yicha barcha da’volarda muhim ahamiyatga ega. Ko‘pincha shuhrat, sharaf va gonorarga muhtoj bo‘lgan ikkita yoki hatto undan ham ko‘proq potentsial mualliflar nashr etilgan matn muallifligini da’vo qilishadi. Bundan tashqari, matn ijrochisi yoki muallifini aniqlash bo‘yicha tajriba muallifni aniq belgilaydigan aniq biron bir imzoga ega bo‘lmagan matn diktant, har qanday usulda bosilgan yoki boshqa birov tomonidan yozilgan hollarda qo‘llanadi. Masalan, bir kishi, Internetda e’lon qilingan boshqa odamning hikoyasini qo‘l bilan to‘liq yozishi mumkin. Bunday holda qo‘l yozuvi ekspertizasi ushbu hujjatni birinchi shaxs haqiqatan ham yozganligini tan oladi. Haqiqiy muallifni aniqlash uchun imtihon ijrochini yoki matn muallifini aniqlash uchun ishlatiladi. Ijrochi va matn muallifini aniqlash uchun ekspertizani qo‘llashning yana bir katta va ancha murakkab sohasi turli ekstremistik tashkilotlar faoliyati sohasiga tegishli. Bunda ekspert, tarqatilgan varaqalar, maqolalar, internetdagi nashrlar va ekstremistik faoliyatga da’vatlarni o‘z ichiga olgan boshqa matnlarning muallifini aniqlaydi. Bunday tajriba yuqorida aytib o‘tilgan matnlar muallifini javobgarlikka tortishga yordam beradi. Xuddi shu narsa muallifni ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortishni o‘z ichiga olgan har qanday matnlarga nisbatan qo‘llanadi. Bunga tuhmat qiluvchi ma’lumotlar, sha’n va qadr-qimmatni haqorat qiluvchi matn, tahdid alomatlarini o‘z ichiga olgan matn muallifini aniqlash kiradi.
Dunyoda inson huquqlari, uning joni, mol-mulki va shaʼnining turli tajovuzlardan himoya qilish eng muhim va birlamchi vazifaga aylanib bormoqda. Jamiyatdagi barcha insonlarning huquqiy jihatdan tengligini taʼminlash uchun barcha sohalarda jiddiy va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yurtimizda ham huquqshunoslik va tilshunoslik sohalari kesishmasidagi bir muncha yangi soha lingvistik ekspertizaning rivojlanishi bilan shaxsni haqorat qilish, uning shaʼni, qadr-qimmati va obroʻsiga daxl qilinishini oldini olish va shunday hodisalarni aniqlash borasida qimmatli tadqiqotlar olib borilmoqda. Haqorat bilan bogʻliq holatlarda lingvistik ekspertizalar tasnifi N.D.Golev». [N.Golev. 1999], Y.I.Galyashina[Y.I.Galyashina.2003] tomonidan amalga oshirildi. Umuman olganda tilshunos uchun HAQORAT [a. – pastlik, razillik, tubanlik; pastkashlik; tahqirlash] 1 Kishining or-nomusi, shaxsiyatini pastga uradigan, tahqirlovchi maʼno-mazmunli soʻz, gap. Toʻlqinjon buni darrov payqadi, koʻzini yashirib, ogʻzidan chiqib ketay degan haqoratni “qult” etib yutdi. F. Musajon, Huri. Abdubilol endi yigʻlab, ogʻziga kelgan gapni qaytarmadi, alamidan akasining yuziga tupurdi. S. Yunusov, Kutilmagan xazina. Haqorat qilmoq ayn. haqoratlamoq. Siz boʻlsangiz, “meshchan”, deb haqorat qildingiz ularni. A. Muxtor, Tugʻilish. Ha, meni haqorat qilgan tillaring uzilsin! D. Nuriy, Osmon ustuni. Bahsda qizishgan, baqirgan, qarshi tarafni haqorat qilgan odam doim yutqazadi. F. Musajonov, Himmat. [OʻTIL. 5 jild, 186] yaʼni nutqdagi muayyan bir soʻz, gap yoki shunday maʼno va mazmunni ifodalovchi xatti-harakat “haqorat” hisoblanadi. Huquqshunos esa “haqorat” atamasini emas, balki sodir boʻlgan voqeani qonuniy ravishda baholaydi, yaʼni quyidagi savol muammoni hal qiladi: Huquqshunos esa “haqorat” atamasini emas, balki sodir boʻlgan voqeani qonuniy ravishda baholaydi, yaʼni quyidagi savol muammoni hal qiladi.



Download 336.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling