Mavzu: Lishayniklar bo`limi (Lichenes). Reja


Download 0.58 Mb.
bet5/6
Sana09.01.2022
Hajmi0.58 Mb.
#260010
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Lishayniklar

Bug`u lishaynigiXaltachasimonlar sinfining, Gimnokarpsimonlar kenja sinfi, Yumaloqmevasimonlar guruhining kladoniya turkumiga mansub bo`lib, asosan tundra zonasida o`sadi. Qishda tundra bug`ulari uchun asosiy yem xashak o`simlik hisoblanadi.

Usnea – Xaltachasimonlar sinfining, Gimnokarpsimonlar kenja sinfi, Yumaloqmevasimonlar guruhining Usnea turkumiga mansub bo`lib bo`lib, butasimon yoki tik ko`tarilib o`suvchi, substratga rizoidlar yordamida birikuvchi qattanalar hosil qiladi. Usneaning markazida zich joylashgan giflardan iborat o`q silindr bor.

Kladoniya – Xaltachasimonlar sinfining, Gimnokarpsimonlar kenja sinfi, Yumaloqmevasimonlar guruhining kladoniya turkumiga mansub bo`lib, qattanalari gorizontal holatda tangachasimon, bargsimon, uzoq vaqt saqlanib turadi.

Parmeliya – Xaltachasimonlar sinfining, Gimnokarpsimonlar kenja sinfi, Yumaloqmevasimonlar guruhining parmeliya turkumiga mansub bo`lib, bargsimon qattanaga ega ekanligi bilan xarakterlanadi.

Lishayniklar yashash sharoiti eng qiyin joylarda tarqalganligiga qaramasdan havoning ifloslanishiga bardosh bera olmaydi. Shuning uchun ham ular shahar sharoitida kam o`sadi. Umuman olganda esa lishayniklarning suvsiz, oziqa muhiti deyarli bo`lmagan joylarda o`sishini hisobga olib, ularni o`simliklarning “pioneer” i deb atashadi.



Lishaynik turlarining ahamiyati katta bo`lib, turli sohalarda ishlatiladi, har xil maqsadlar uchun foydalaniladi. Lishayniklarning tabiatdagi ahamiyati ham beqiyos kattadir. Tundra sharoitida o`sadigan lishayniklar bug`ular uchun asosiy oziqa hisoblanadi. Umuman esa lishayniklar toshlarda o`sib, ularni parchalaydi va tuproq hosil qilishda katta rol o`ynaydi. Shuningdek, lishayniklar qimmatbaho bo`yoqlar, parfumeriya mahsulotlari tayyorlashda ham ishlatiladi. Oziq-ovqat, meditsinada, sanoatida efir moyi olish uchun xomashyo sifatida ishlatiladi. Ayrim turlari zaharli bo`lib, uni shimolda ovchilar bo`rilarni zaharlashda ishlatadilar.


Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling