Mavzu: Lotin iboralarining hayotimizning barcha jabhalarida tutgan o'rni. Reja: Lotin iboralari haqida tushuncha
Qoraqolpog’iston tibbiyot instituti 113 -guruh Davolash ishi fakulteti talabasi Toshpo’latov Bunyodbekning Tibbiyotda lotin tili va terminologiya fanidan tayyorlagan Mustaqil ishi Mavzu: Lotin iboralarining hayotimizning barcha jabhalarida tutgan o'rni. Reja: 1. Lotin iboralari haqida tushuncha. 2. Lotin iboralarining hayotimizda tutgan o'rni. 3. Lotin tili haqida tushuncha. 4. Lotin tilining ahamiyati. Lotincha iboralar: Ab imo pectore - yuragim qa'ridan. Adsum - Men shu yerdaman (antonimi absum- men yo'qman). Agenda - qilinishi kerak ishlar (hozirgi kunda ko'proq reja, kun tartibi ma'nosida ishlatiladi). Alma mater - boquvchi ona (ayni vaqtda universitet ma'nosida ishlatiladi, yani universitet talabalarni bilimlar bilan "boqadi") Lotin tili — hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin qabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qadimgi Italiyaning boshqa tillarini siqib chiqarishi miloddan avvalgi 4—3-asrlarga toʻgʻri keladi. Apennin yarim orolning lotinlashuvi (yunon tili hukmron boʻlgan Jan. Italiya va Sitsiliya bundan mustasno) miloddan avvalgi 1-asrda yakunlanadi. Rim imperiyasining gullab-yashnashi, yangi-yangi mustamlakalarning bosib olinishi natijasida Lotin tili Shim. Afrika, Ispaniya, Galliya, Germaniya, Dunayboʻyi hududlariga tarqaladi. Lotin tilidagi eng qadimgi yodgorliklar miloddan avvalgi 3-asrga mansub. Lotincha iboralar: Disce gaudere - quvonishni o'rganing. Bene sit tibi! - Senga omad tilayman! Facta sunt potentiora verbis - harakatlar so'zlardan kuchliroq. Repetitio est mater studiorum - takrorlash - bu ta'limning onasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |