Mavzu. Loyiha-konstruktorlik hujjatlarining metrologik tekshiruvi
Download 427.58 Kb. Pdf ko'rish
|
9 MAVZU LOYIHA KONSTRUKTORLIK HUJJATLARINING METROLOGIK TEKSHIRUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik loyiha.
Qoralama (eskiz) loyiha. Quyidagilar ishlab chiqilayotgan mahsulotni
metrologik ta’minlash boʻyicha qoralama (eskiz) loyiha bosqichidagi tipik (bajarilishi zarur boʻlgan) ishlar hisoblanadi: - mahsulotni ishlab chiqish, tayyorlash va ekspluatasiya qilish jarayonida mahsulot va uning tarkibiy qismlarining oʻlchashga tortiladigan asosiy parametrlarining roʻyxatini aniqlashtirish; - har bir parametrni oʻlchashning aniqlik me’yorlarini asoslash; - oʻlchashlarning zaruriy aniqligini ta’minlaydigan oʻlchash uslublari va vositalarini tanlash; - mahsulotni ishlab chiqish uchun zarur boʻladigan oʻlchash vositalarini yaratish va metrologik tadqiqotlarni oʻtkazish; - maxsulotlarni tayyorlash, sinovdan oʻtkazish va ekspluatasiya qilish uchun zarur boʻladigan standartlashtirilmagan oʻlchash vositalari va oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish; - mahsulotlarni tayyorlash va sinovdan oʻtkazish jarayonida nazorat qilish va sinovdan oʻtkazish uchun zarur boʻladigan umumiy belgilanishdagi oʻlchash vositalarini sotib olishga buyurtmalar tuzish; - binolar qurish va oʻlchashlarni oʻtkazish uchun talab qilinadigan shart- sharoitlarni yaratish uchun zarur boʻladigan asbob-uskunalarni sotib olishga buyurtmalar tuzish; - qoralama (eskiz) loyihaning ishlab chiqilayotgan mahsulotning metrologik ta’minoti boʻlimini tuzish. Texnik loyiha. Quyidagilar mahsulotlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, sinovdan oʻtkazish va ekspluatasiya qilishni metrologik ta’minlash boʻyicha texnik loyiha bosqichida tipik (bajarilishi zarur boʻlgan) ishlar hisoblanadi: mahsulotning metrologik ta’minoti boʻyicha yechimlarning asoslanishi; ishchi hujjatlarni ishlab chiqish, mahsulotlarni tayyorlash va sinovdan oʻtkazish uchun zarur boʻladigan standartlashtirilmagan oʻlchash vositalarini va maxsus sinovdan oʻtkazish asbob-uskunalarini tayyorlash va attestasiyadan oʻtkazish ; mahsulotlarni tayyorlash va sinovdan oʻtkazish uchun zarur boʻladigan oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish; ekspluatasiya qilish jarayonida mahsulotlarga metrologik xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻladigan oʻlchov-nazorat apparaturalarini ishlab chiqishga buyurtmalar berish; metrologik ta’minot boʻyicha qoralama (eskiz) loyiha bosqichida bajariladigan ishlar; texnik loyihaning metrologik ta’minot boʻyicha boʻlimini tuzish. Texnik loyihaning metrologik tekshiruviga mahsulotni ishlab chiqishga berilgan texnik topshiriq, ushbu bosqichda ishlab chiqilgan boshqa hujjatlarga berilgan loyiha topshiriqlari, texnik shartlar, ekspluatasion hujjatlar, chizmalar, sxemalar va boshqalar taqdim qilinishi lozim. Download 427.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling