Mavzu. Loyiha-konstruktorlik hujjatlarining metrologik tekshiruvi
Download 427.58 Kb. Pdf ko'rish
|
9 MAVZU LOYIHA KONSTRUKTORLIK HUJJATLARINING METROLOGIK TEKSHIRUVI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik taklif.
9-MAVZU. LOYIHA-KONSTRUKTORLIK HUJJATLARINING METROLOGIK TEKSHIRUVI Reja: 9.1. Loyiha-konstruktorlik hujjatlarni metrologik tekshiruvi. 9.2. Konstruktorlik hujjatlarning metrologik tekshiruvi. 9.3. Konstruktorlik hujjatlarining metrologik ekspertizasini mazmuni. Tayanch atamalar va tushunchalar: loyiha, hujjat, texnik taklif, texnik topshiriq, qoralama loyiha, texnik loyiha, metrologik tekshiruv, metrologik ekspertiza. 9.1. Loyiha-konstruktorlik hujjatlarni metrologik tekshiruvi Konstruktorlik hujjatlari - bu mahsulotning tarkibi va dizaynini belgilaydigan va uni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, nazorat qilish, qabul qilish, ishlatish va ta'mirlash uchun zarur ma'lumotlarni o'z ichiga olgan grafik va matnli hujjatlardir (ГОСТ 2.102 – 68). Amalga oshirish usuli va foydalanish xususiyatiga koʻra, loyiha hujjatlari bir necha turlarga bo'linadi: - Haqiqiy (original); - Asl nusxa; - Dublikat; - Nusxa Konstruktorlik va texnologik hujjatlarning metrologik ekspertizasi - bu mahsulotni ishlab chiqish, tayyorlash, qayta ishlash, sinovdan o’tkazish va qabul qilishda o’lchash usullari va vositalari yordamida o’lchashlardagi aniqlik me’yorlarini o’rnatuvchi o’lchanadigan parametrlarni tanlash bo’yicha texnik yechimlarning baholanishi va tahlilidir. Konstruktorlik va texnologik hujjatlarning metrologik ekspertizasini o'tkazishdan asosi maqsad, bu mahsulotni ishlab chiqish, qayta ishlash, sinovdan oʻtkazish va qoʻllash bosqichlarida nazorat - o'lchash jarayonlarining samaradorligini ta'minlashdir. Loyiha-konstruktorlik hujjatlarining metrologik nazorati quyidagi hujjatlarni nazoratdan oʻtkazishni oʻz ichiga oladi: - texnik taklif; - qoralama (eskiz loyiha); - texnik loyiha. Texnik taklif. Quyidagilar mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishni metrologik ta’minlash boʻyicha texnik taklif bosqichidagi tipik (bajarilishi zarur boʻlgan) ishlar hisoblanadi: - texnik yechimlarning mumkin boʻlgan har bir varianti uchun mahsulot va uning tarkibiy qismlarining asosiy oʻlchanadigan parametrlar nomenklaturasini belgilash yoki aniqlashtirish; - oʻlchashlarning zaruriy aniqligini ta’minlaydigan oʻlchash vositalari va uslublarini oldindan tanlash; - ishlab chiqishning keyingi bosqichlarida metrologik ta’minot boʻyicha bajariladigan ishlarning roʻyxatini belgilash; - texnik taklif hujjatlarini metrologik nazoratdan oʻtkazish. Texnik taklifning metrologik nazoratiga texnik topshiriq, texnik taklifning tushuntirish xati va mazkur bosqichda ishlab chiqilgan boshqa hujjatlar: chizmalar, sxemalar, hisob-kitoblar va hokazolar taqdim qilinishi lozim. Tenik taklifni nazoratdan oʻtkazishda quyidagilar tekshiriladi: - texnik topshiriqni nazoratdan oʻtkazishda berilgan tanbehlar va takliflarning hisobga olinganligi; - texnik yechimlarning mumkin boʻlgan variantlarini taqqoslashda metrologik jihatlarning hisobga olinganligi (nazorat qilishning qulayligi, uning ishonchliligi); - metrologik atamalarning, fizikaviy kattaliklar va ularning birliklarining nomlanishining toʻgʻriligi; - ishlab chiqishning keyingi bosqichlarida metrologik ta’minot boʻyicha bajariladigan ishlar roʻyxatining yetarliligi. Download 427.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling