Mavzu. Loyiha-konstruktorlik hujjatlarining metrologik tekshiruvi


 Konstruktorlik hujjatlarining metrologik tekshiruvi


Download 427.58 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi427.58 Kb.
#1372115
1   2   3   4
Bog'liq
9 MAVZU LOYIHA KONSTRUKTORLIK HUJJATLARINING METROLOGIK TEKSHIRUVI

 
9.2. Konstruktorlik hujjatlarining metrologik tekshiruvi 
Konstruktorlik hujjatlarining metrologik tekshiruvi nazorat qilinadigan 
parametrlarni tanlashning toʻgʻriligini, hujjatlarga kiritilgan aniqlik me’yorlari va 
nazorat uslublarining asoslanganligini tekshirishdan iborat. 
Aniqlik me’yorlarining metrologik tekshiruvida quyidagilar tekshiriladi: 
 yuzalarning shakl va joylashishdan chetlashishining oʻlchamlariga va 
yuzalarning gʻadir-budurliklariga ruxsat beriladigan joizliklar oʻzaro muvofiqligi; 
 belgilangan aniqlik me’yorlarining yetarliligi, ya’ni mahsulot yoki detalning 
chiqish parametrlarini belgilovchi barcha elementlar uchun aniqlik me’yorlarining 
borligi; 
 aniqlik me’yorlarining mahsulotni tayyorlovchida mavjud boʻlgan oʻlchash 
vositalariga mos keluvchi nazoratni oʻtkazish uchun yaroqliligi. 
Detallar chizmalarining metrologik tekshiruvida quyidagilar tekshiriladi: 
 texnologik 
va 
metrologik 
bazalarning 
konstruktorlik 
bazasidan 


chetlashishining ruxsat beriladigan joizliklar oʻzaro muvofiqligi; 
 belgilangan aniqlik me’yorlarining yetarliligi; 
 aniqlik me’yorlarining nazoratni oʻtkazish uchun yaroqliligi. 
Yigʻma chizmasining metrologik nazoratida mahsulotning nazoratni oʻtkazish 
uchun yaroqliligi tekshiriladi. 
Montaj chizmasining metrologik tekshiruvida quyidagilar tekshiriladi: 
- belgilangan aniqlik me’yorlarining yetarliligi; 
- mahsulotning, buyumning montaj qilishda nazoratni oʻtkazish uchun 
yaroqliligi. 
9.3. Konstruktorlik hujjatlarining metrologik ekspertizasini mazmuni 
Konstruktorlik 
hujjatlaridagi 
ba’zi 
bir 
hujjatlarning 
metrologik 
ekspertizasining mazmunini ko’rib chiqamiz: 
Texnik topshiriqning metrologik ekspertizasi. Ishlab chiqish uchun 
mo’ljallanayotgan mahsulotning ularga nisbatan aniqlik talablari qo’yiladigan 
parametrlarini o’lchash imkoniyatini aniqlash, mahsulotni ishlab chiqish bilan bog’liq 
bo’lgan eksperimental tadqiqotlarni metrologik ta’minlash imkoniyatini aniqlash, 
shuningdek ishlab chiqishga mo’ljallangan mahsulotni tayyorlash va ekspluatasiya 
qilishning metrologik ta’minotini oldindan baholash texnik topshiriqni metrologik 
ekspertizadan o’tkazishning asosiy maqsadlari bo’lib hisoblanadi.
Metrologik ekspertiza o’tkazishda quyidagi bo’limlarga alohida e’tibor 
qaratiladi: texnik talablar, nazorat va qabul qilish tartibi.
Mahsulotning chiqish parametrlarining borligi, ularning yozilish shaklining 
to’g’riligi tekshiriladi. Aniqlikning berilgan me’yorlarida kotrxonada mavjud 
bo’lgan o’lchash vositalari bilan parametrlarni nazorat qilish imkoniyati 
baholanadi. Yangi maxsus o’lchash vositalari va o’lchashlarni bajarish 
uslubiyotlarini ishlab chiqishga bo’lgan ehtiyojlar, mahsulotni ishlab chiqish va 
keyinchalik ekspluatasiya qilish bilan bog’liq bo’lgan maxsus metrologik 
tadqiqotlarni o’tkazish zarurati aniqlanadi.
Xorijiy o’lchash vositalarini sotib olish zarurati aniqlashtiriladi.
Shuningdek metrologik atamalarning, fizikaviy kattaliklar va ularning 
birliklarining nomlanishi va belgilanishining to’g’riligi baholanadi. Nazorat 
qilishning zaruriy vositalari va uslublari bilan mehnat xavfsizligi talablarining 
bajarilishini ta’minlash imkoniyati tekshiriladi.
Texnik shartlarning metrologik ekspertizasi. Texnik shartlar to’liq va chuqur 
metrologik ekspertizaga tortilishi lozim bo’lgan hujjatlardan biri hisoblanadi Texnik 
shartlarning metrologik ekspertizasini o’tkazishda texnik shartlarning quyidagi 
bo’limlariga alohida e’tibor qaratiladi.: texnik talablar, qabul qilish qoidalari, nazorat 
uslublari, ekspluatasiya qilish shart-sharoitlari. . 


Mahsulot parametrlari texnik topshiriq talablarigav mos kelishi lozim, 
ularning soni optimal bo’lishi, yozilish shakli esa to’g’ri bo’lishi lozim. 
Belgilangan aniqlik me’yorlarining nazoratni o’tkazish uchun yaroqliligi 
tekshiriladi. Nazoratni o’tkazish murakkab va qimmatbaho o’lchash vositalarini 
qo’llash bilan bog’liq bo’lgan, yuqori malakali operatorlarning xizmat ko’rsatishiga 
ehtiyoj tug’ilgan hollarda belgilangan aniqlik me’yorlarining asoslanganligiga 
alohida e’tibor qaratiladi.
Nazorat uslublarining ekspertizasida ularning yetarliligi va to’g’riligi 
aniqlanadi. Nazorat operasiyalari tasvirlanishining aniqligi ham tekshiriladi.
Nazoratning tanlangan uslublari tejamkor bo’lishi, ya’ni aniqlikning 
berilgan me’yorlarida nazorat operasiyalarining mehnattalabligi va tannarxi 
minimal bo’lishi lozim.
Mumkin qadar standartlashtirilgan, nisbatan arzon va sodda o’lchash 
vositalari tanlangan bo’lishi lozim, chunki ular qo’llanilganda o’lchashlarning 
shart-sharoitlariga nisbatan minimal talablar qo’yiladi. O’lchash jarayonlarining 
katta hajmida va yuqori mehnattalabligida avtomatlashtirilgan o’lchash 
vositalaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalasini ko’rib chiqish 
lozim bo’ladi.
Mahsulotni uni ekspluatasiya qilish joyida o’rnatish, montaj qilish va 
qo’llash bo’yicha talablarning to’g’riligi, mehnat xavfsizligini ta’minlash 
maqsadida o’lchashlarni tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha talablarning to’g’riligi 
teshiriladi.
Dasturlar va uslubiyotlarning metrologik ekspertizasi. Sinovlvrdan o’tkazish 
uslubiyotining to’liqligini, shuningdek dasturda ko’zda tutilgan nazorat uslublarini 
tekshirish dasturlar va uslubiyotlarni ekspertizadan o’tkazishning asosiy maqsadi 
hisoblanadi. Me’yorlashtirilgan diapazonda mahsulotlarning barcha chiqish 
parametrlarini tekshirish kiritilgan hollarda dastur yetarlicha to’liq deb hisoblanadi. 
Nazorat uslublari, ularning yetarliligi, ishonchliligi va iqtisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiqligi tekshiriladi. Agar ishlab chiqilayotgan mahsulot o’lchash vositasi 
hisoblansa, u holda o’lchash vositasini Davlat qabul sinovlvridan o’tkazish uchun 
tiplashgan dastur bo’lmaganda, tuzilishi va mazmuni bo’yicha tiplashgan dasturlar 
talablariga mos keladigan sinovlar dasturi tuzilishi lozim. Bunday hollarda 
dasturning barcha bo’limlari metrologik ekspertizaga tortiladi. Tekshirish uslublarini 
ifodalashning sifatiga, texnik shartlar bilan priborning ekspluatasion hujjatlarda 
berilgan xususiyatlari o’rtasida qarama-qarshiliklar bo’lmasligiga alohida e’tibor 
qaratish lozim.
Detallarning chizmalarining, yig’ish, montaj qilish va gabarit 
chizmalarining metrologik ekspertizasi. 
Yuqorida ko’rsatilgan hujjatlarning metrologik ekspertizasining asosiy 
maqsadi – bu nazorat qilish uchun zaruriy bo’lgan o’lchamlarning, yo’l 


qo’yiladigan eng chekka chetlashishlarning va mahsulotning sifatini tekshirish 
uchun zarur bo’ladigan boshqa talablarning borligini, ularning nazoratni o’tkazish 
uchun yaroqliligini tekshirishdan iborat.
Texnologik va o’lchash bazalarini konstruktiv bazalar bilan maksimal 
darajada birlashtirishni ta’minlash, ya’ni bazalarning birligi prinsipining 
(tamoyilining) bajarilishi, shuningdek o’lchash bazalarini tanlashga bog’liq 
ravishda o’lchamlarni qo’yishning to’g’riligi baholanadi.
Aniqlik me’yorlarining nazoratni o’tkazish uchun yaroqliligini tekshirish 
chizmalarin ekspertizadan o’tkazishning asosiy vazifalaridan biri bo’lib 
hisoblanadi.
Shakldan 
chetlashish 
va 
yuzalarning 
joylashishidan 
chetlashish 
o’lchamlariga ruxsat beriladigan yo’l qo’yilishlar va yuzalarning g’adir-
budurliklariga nisbatan qo’yiladishgan talablarning o’zaro muvofiqligi tekshiriladi. 
Yuzaning g’adir-budurligi shakldan chetlashish o’lchamlari va yuzalarning 
joylashishidan chetlashish o’lchamlaridan alohida me’yorlashtiriladi va nazorat 
qilinadi. 
Shu 
bilan 
bir 
paytning 
o’zida yuzaning g’adir-budurligini 
makrogeometrik chetlashishga ruxsat beriladigan yo’l qo’yilishlar bilan birgalikda 
ko’rsatish tavsiya qilinadi, chunki mahsulotni yig’ish va ekspluatasiya qilish 
jarayonida yuzaning g’adir-budurligi yeyilish yoki yuklama ta’siri ostida ezilish 
oqibatida qo’shimcha makrogeometrik chetlashishlarga olib keladi.
Ekspertizani o’tkazishda shuni hisobga olish lozimki, zarur bo’lgan hollarda 
yuzaning g’adir-budurligini qat’iyroq bo’lgan talablar bilan cheklashga yo’l 
qo’yiladi.

Download 427.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling