Mavzu: Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi
-jadval Mahsulot (un mahsuloti) sifati tahlili
Download 156.26 Kb.
|
“Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiymat ifodasida ishlab chiqarish, ming so’m Reja Haq.
- 2.6-jadval Mahsulot nav tarkibining mahsulot ishlab chiqarishga ta’siri (qiymat ifodasida un mahsuloti)
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO ‘YXATI
2.5-jadval
Mahsulot (un mahsuloti) sifati tahlili
2.5--jadvalga ko’ra reja 98,8 % bajarilgan, yuqori navli mahsulot ishlab chiqarish 104,9 % , birinchi navli – 90,9 %. Biroq bu navlilik bo’yicha reja bajarilganligini tavsiflamaydi. O’rtacha navlilikning rejadagi va haqiqatdagi koeffitsientlarini, shuningdek, mahsulot birligining o’rtacha sotilgan bahosini aniqlash talab qilinadi. O’rtacha navlilik koeffitsienti: Reja bo’yicha Hisobot bo’yicha Mahsulot birligining o’rtacha sotilgan bahosi: Reja bo’yicha Hisobot bo’yicha Sifat ortishi hisobiga o’rtacha narx 10,47 so’mga oshgan. (2379,5 – 2369,04) Sifatning mahsulotlar hajmiga ta’siri: (2379,5 – 2369,04)*2490 = +26,045 ming so’m. Mahsulotlarning navli tarkibining uni ishlab chiqarish hajmiga qiymat ifodasida ta’sirini hisoblash uchun mahsulot ishlab chiqarish tarkibi tahlilida qo’llaniladigan usullardan ham foydalanish mumkin. 2.5--jadval ma’lumotlari bo’yicha ushbu hisoblashni mutlaq farqlar usulida bajaramiz. Hisoblash natijalari 5.11-jadvalda keltirilgan. 2.6-jadval Mahsulot nav tarkibining mahsulot ishlab chiqarishga ta’siri (qiymat ifodasida un mahsuloti)
Nav belgilangan mahsulotlarning barcha turlari bo’yicha shunga o’xshash hisoblash bajariladi, natijalar umumlashtiriladi. Mahsulot sifatini oshirishning muhim shartlaridan biri detallar, yarimfabrikatlar va tayyor mahsulotlar yaroqsiz bo’lib qolishiga yo’l qo’ymaslik hisoblanadi. Yaroqsizga chiqarishdan yo’qotish odatda mahsulot tannarxi tahlili jarayonida tadqiq qilinadi. Reklamatsiya etkazib berilayotgan mahsulotlar sifatiga rioya qilmaslikka doir e’tirozlarni ma’lum darajada tavsiflaydi. Reklamatsiya mahsulotlardagi nuqsonlarni bartaraf qilish, texnologiyalar va mahsulotlar konstruktsiyasini yaxshilash, yuqori sifatli materiallarni qo’llash va boshqalar bo’yicha tezkor choralar qabul qilish uchun signal hisoblanadi. Mahsulotlar butligi deganda tayyor mahsulotning mazkur turi uchun zaruriy instrumentlar, detallar va moslamalar majmui mavjudligi tushuniladi. Masalan, traktor, avtomobil yoki boshqa mashina agar tegishli instrumentlar va ehtiyot qismlari bilan ta’minlangan bo’lsa, iste’molchilar uchun jo’natishga tayyor hisoblanadi. Qonun but bo’lmagan mahsulotlarni jo’natish va ularni hisobotga kiritishni taqiqlaydi. Shuning uchun ushbu talablarga rioya qilinishini tekshirish hamda hamkor korxonalarga uzellar, detallar, priborlar, ehtiyot qismlari, instrumentlar va moslamalar etkazib bermaslik sabablarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. .
Iqtisodiyotdni liberallashtirish, globallashuv jaryonlari o‘z navbatida hisob va audit tizimining ham xalqaro gormonizatsiyasini va standartlashtirilishini talab etmoqda. Mazkur vazifani hal etish boshqaruvning muhim elementlari bo‘lgan hisob, iqtisodiy tahlil va auditning ham nazariy, metodologik va amaliy jihatlarini yagona tartiblarini belgilashni, ularni unifikatsiyalashni muqobillikdagi tartiblarni yagona mezonlarga keltirishni taqozo qilmoqda. Xalqaro kapital va kredit bozorining shakllanishi, xorijiy investitsiyalarning ko‘payishi, eksport-import operatsiyalarining jadallashuvi, transmilliy korxonalar rolining ortib borishi bilan moliyaviy hisobotlarni tuzishning xalqaro standartlarini belgilash, hisob ma’lumotlarini qiyosiyligini ta’minlash zaruriyati tobora ortib bormoqda. Axborotlarni olish va taqdim etishning eng muhim vositasi bu moliyaviy hisobotlardir. Korxona faoliyatida mehnat omili muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat – bu inson va jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan oqil va ongli faoliyatdir. Mehnat resurslari mehnatga layoqatli aholining 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklardan iborat qatlamidir. Korxonada mehnat resurslari: xodim, ishchi, xizmatchi kategoriyalari bilan tarkiblanadi. Xodim – korxonada band bo‘lgan barcha tarkib, ishchi-mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashuvchi, jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi, xizmatchilar – jismoniy mehnatdan tashqari xizmat ko‘rsatuvchi tarkib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni tahlili Mahsulot ishlab chiqarish va sotish faoliyatining asosiy sharti hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi korxona tomonidan bozor konyunkturasini chuqur tahlil etgan holda mustaqil ravishda rejalashtiriladi. Mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha biznes rejada mo‘ljallangan hajmni bajarilishini ta’minlash hamda yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni yaratilishi korxonaning bevosita muhim ko‘rsatkichlari bo‘lmish ishlab chiqarish tannarxi, xarajatlar hajmi, foyda va rentabellik, moliyaviy barqarorlik, to‘lov qobiliyati sof pul mablag‘larining hisobot davr oxiriga ko‘payishini ta’minlovchi omildir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATIDownload 156.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling