Mavzu: Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi
Mahsulotning ishlab chiqarish tahlili maqsadi va vazifasi
Download 156.26 Kb.
|
“Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi tahlili
- Mahsulot ishlab chiqarish hajmining dinamik tahlili
Mahsulotning ishlab chiqarish tahlili maqsadi va vazifasi
Mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish hajmini tahlili Mahsulot ishlab chiqarish hajmini kompleks tahlili ikki yo‘nalishda olib boriladi: a) mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishini baholash; b) bir necha yillar bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini tahlili. Hisobot davridagi mahsulot ishlab chiqarish hajmini reja ma’lumotlari bilan taqqoslash orqali rejaning bajarilishi, rejadan farqlanishi mutloq summada, o‘tgan yil bilan taqqoslash orqali esa mahsulot hajmini o‘sish sur’ati aniqlanadi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi tahlili
Korxonada mahsulot ishlab chiqrish rejasi 2015 yilda 108.07 %ga, 2016 yilda 105.2 %ga, 2017 yil 105.8 % ga bajarilgan. Kompleks iqtisodiy tahlilga oid ayrim manbalarda mahsulot hajmini o‘sishi mahsulot hajmini indeksi deb ham ataladi. Bu ko‘rsatkich korxonaning rivojlanish dinamikasini ifodalaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining dinamik tahlili
Korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmining dinamik o‘zgarishlari 2016-yil 2015-yilga nisbatan 159814 ming so‘mga o‘sgan, 2017-yil 2016-yilga nisbatan 89430 ming so‘mga, 2017-yil 2015-yilga nisbatan 249244 ming so‘mga ortgan. Mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o‘rganishda solishtirma, ulgurji baholarda hamda joriy yilning amaldagi baholarida aniqlangan ma’lumotlar tahlil qilinadi. Dinamikasini aniqlash uchun hisobot davrida ishlab chiqarilgan haqiqiy mahsulot hajmi o‘tgan yillardagisi bilan taqqoslanib ko‘rsatkichlarni o‘zgarishi mutloq va nisbiy (foiz)larda aniqlanishi lozim. Faoliyatning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati hisoblanadi. Mahsulot sifatining oshishi o‘z navbatida sotilgan mahsulot hajmining oshishiga va foydaning ko‘payishiga, oqibatda rentabellik darajasining yuqori bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Mahsulot sifati navlar bo‘yicha belgilanadigan mahsulotlarni ikki kategoriya bo‘yicha tarkiblash mumkin: - oliy sifat kategoriyasi; - birinchi sifat kategoriyasi. Mazkur sifat kategoriyalari orqali mahsulotning xalqaro va mamlakat standarti talablariga mosligi o‘rganiladi. Mahsulot sifatini oshirish realizatsiya jarayonini tezlashtiradi, mahsulotga bo‘lgan talabni to‘laroq qondiradi, tovar pul muomalasini tezlashtiradi, eksport imkoniyatlarini oshiradi. Mahsulot sifati qator ko‘rsatkichlar tizimi bilan baholanadi. Xarakterli xossalariga ko‘ra belgilangan belgilangan me’yorlarga (xalqaro va mamlakat standartlariga mosligi), pishiqligi, puxtaligi, chidamliligi, va h.k. ko‘rsatkichlari bilan farqlanadi. Download 156.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling