Mavzu: Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi
Mahsulot sifatining tahlili
Download 156.26 Kb.
|
“Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsat-kichlar Mahsulot birligini bahosi, so‘m
- Jami mahsulotdagi ulushi, (%) Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati (ming so‘m)
- 110000 140000 1.O‘rtacha nav (sort)lilik koeffitsiyenti
- Mahsulot biriligining o‘rtacha sotish bahosi
- Mahsulot sifatiga odatda quyidagi omillar ta’sir qiladi
- Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni dinamik tahlili
- 2.Mahsulotni ishlab chiqarish rejasini bajarish dinamikasi
Mahsulot sifatining tahlili
1.O‘rtacha nav (sort)lilik koeffitsiyenti:
Mahsulot biriligining o‘rtacha sotish bahosi
Mahsulot sifatiga odatda quyidagi omillar ta’sir qiladi: foydalanilayotgan xomashyo va materiallar sifati; xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi; ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyani holati va uning progressivligi; ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi hamda ularning moddiy rag‘batlantirilishi va hokazo. Mahsulot ishlab chiqarishda eng muhim masala bu innovatsion, yangidan yaratilgan mahsulotlar hajmining, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilganligiga baho berishdan iboratdir. Innovatsion mahsulot – yangi, takomillashtirilgan, texnologik o‘zgarishlar tufayli yaratilgan mahsulotdir. Oldingi mahsulotlardan sezilarli yoki tubdan farq etuvchi mahsulotlardir. Eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarning jami mahsulotlar tarkibidagi salmog‘iga baho berish orqali korxonaning joriy va istiqboldagi taktik strategiyalari ishlab chiqiladi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni dinamik tahlili
Korxonada innovatsion mahsulotlarning hajmi 2016-yilda 2015- yilga qiyosan 33302.0 ming so‘mga, 2017-yil 2016-yilga qiyosan 34798 ming so‘mga, 2017-yil 2015-yilga qiyosan 68100 ming so‘mga ortgan. Shu bilan birga jami mahsulotlar tarkibida innovatsion mahsulotlar hajmi 2015-yilda 18.4 %ni, 2016-yilda 19.3 %ni, 2017-yilda 22.6 % ni tashkil etganligini ijobiy baholash mumkin. Innovatsion mahsulotlarning soni ham mos ravishda 2, 3 va 5 taga ko‘paygan. http://fayllar.org 2.Mahsulotni ishlab chiqarish rejasini bajarish dinamikasi 2019-2003 yillarda loyiha quvvati 120 ming tonna, qiymati 61 mln. АQSh dollariga teng kaliy sulьfati va boshqa kaliy tuzlarining turlarini ishlab chiqarishni tashkil etish hamda 180 ming tonna, qiymati 15 mln. АQSh dollariga teng granulyatsiyalangan xlorli kaliy ishlab chiqarishni tashkil etish boʼyicha 2 ta investitsion loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan. Аyni paytda jamiyatda 1925 nafar xodim faoliyat yuritmoqda, shundan ayollar 215 nafarni tashkil qiladi. “DKZ” АJ da GOST 4568-95 talablariga javob beradigan maydalangan markali, 1 nav kaliy xlorid mahsuloti flotatsion usulda ishlab chiqariladi. Oʼzbekiston Respublikasi milliy sertifikatlashtirish tizimining 05.09.2018 yildagi UZ.SMT.04.001. 07910 muvofiqlik sertifikati mavjud. “DKZ” АJ da ISO 9001:2015 xalqaro stantartiga muvofiq sifat menejmenti tizimi joriy etilgan va amal qilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati kafolati mustaqil xalqaro SGS kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan. Korxonada oʼtgan 9 yil davomida jahon standarti talablariga toʼliq javob beradigan 1866,7 ming tonna kaliy xlorid mahsuloti ishlab chiqarildi, shundan 1370,8 ming tonnasi (73,4 %) xorijga eksport qilindi. Аyni paytda bu turdagi mahsulotlar dunyoning 10 dan ziyod mamlakatlariga jumladan Indoneziya, Malayziya, Vьetnam, Fillipin, Koreya, Eron, Ozarbayjon, Turkiya, Latviya, Litva, Qozogʼiston, Qirgʼiziston va boshqa qator davlatlarga eksport qilinmoqda. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 avgustdagi “Kimyo sanoatining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi 3246-son qaroiriga muvofiq 2017 yil 1 oktyabrdan “Oʼzkimyosanoat” АJ korxonalari, shu jumladan “DKZ” АJ mahsulotlar eksport/import operatsiyalari “Oʼzkimyoimpeks” MChJ orqali amalga oshirilib kelinmoqda. Qishloq xoʼjaligi vazirligining hisob kitoblariga koʼra, qishloq xoʼjaligi ekinlarining kaliyli oʼgʼitlarga ilmiy asoslangan talabi sof holda 313,6 ming tonnani, shundan sugʼoriladigan maydonlarda paxta va gʼalla ekinlari talabi 173,4 ming tonnani yoki umumiy talabning 55% ni tashkil etadi. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsienti 2018 yilda 76 % ni tashkil etdi. Kaliyli oʼgʼit tarkibida xlor boʼlsa-da, tuproqni zararlamaydi. Shoʼr tuproqli yerlar uchun ham, mevali daraxtlar uchun ham foydali. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida unga talab katta. Kuzatishlar shuni koʼrsatganki, kaliyli oʼgʼit solingan paxtazorning 1 gektarida hosildorlik 7-8 va gʼallada 14-15 sentnergacha oshgan. Jamiyat xoʼjalik faoliyati doirasida ishlab chiqarish ehtiyoji uchun zarur boʼladigan tovar (ish, xizmat) larning xaridlari Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari toʼgʼrisida»gi Qonuni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi»ning 2018 yil 15 maydagi 185, 186-sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan «Xarid qilish tartib-taomillarini tashkil etish va oʼtkazish tartibi toʼgʼrisida» gi va «Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda oʼtkazish borasidagi faoliyati toʼgʼrisida»gi nizomlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari toʼgʼrisida»gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” gi Qarori talablariga asosan amalga oshirib kelinmoqda. Jamiyatda “Navroʼz” va “Mustaqillik” bayramlari arafasida ehtiyojmand oilalarning farzandlarining sunnat va nikoh toʼylari oʼtkazilishi, ularga pul mablagʼlari bilan omonat daftarchalari va qimmatbaho sovgʼalar berilishi anʼanaga aylanib bormoqda. Korxona faoliyatini yuritish bilan birga obodonchilik va koʼkalmzorlashtirish ishlariga jiddiy eʼtibor berib borilib, korxonaga qarashli mavjud 21,5 gektar bogʼ maydonida jami 20 mingdan oshiq turli mevali va manzarali daraxtlar parvarishlanib kelinmoqda. Korxona hududidagi ishlab chiqarish ehtiyojlaridan ortiqcha boʼsh hududlarda ham koʼkalamzorlashtirish ishlariga jiddiy yondoshilib, mavjud 540 dona mojovelьnik, 400 dona Qrim sosnasi, 95 dona tut, 315 dona sharq tuyasi daraxtlari va 2000 m2 yashil maysa (gazon)ni parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda hamda har yili mavsumiy gullar ekilishi taʼminlanmoqda. Korxona ishchi-xizmatchilari uchun qurilgan namunali uy-joylar va ishchilar yotoqxona atrofidagi hududlarda mevali va manzarali daraxt koʼchatlari parvarishlanmoqda. Korxona faoliyatida mehnat omili muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat – bu inson va jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan oqil va ongli faoliyatdir. Mehnat resurslari mehnatga layoqatli aholining 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklardan iborat qatlamidir. Korxonada mehnat resurslari: xodim, ishchi, xizmatchi kategoriyalari bilan tarkiblanadi. Xodim – korxonada band bo‘lgan barcha tarkib, ishchi-mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashuvchi, jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi, xizmatchilar – jismoniy mehnatdan tashqari xizmat ko‘rsatuvchi tarkib hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni tahlili Mahsulot ishlab chiqarish va sotish faoliyatining asosiy sharti hisoblanadi. Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi korxona tomonidan bozor konyunkturasini chuqur tahlil etgan holda mustaqil ravishda rejalashtiriladi. Mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha biznes rejada mo‘ljallangan hajmni bajarilishini ta’minlash hamda yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni yaratilishi korxonaning bevosita muhim ko‘rsatkichlari bo‘lmish ishlab chiqarish tannarxi, xarajatlar hajmi, foyda va rentabellik, moliyaviy barqarorlik, to‘lov qobiliyati sof pul mablag‘larining hisobot davr oxiriga ko‘payishini ta’minlovchi omildir. Natural ko’rsatkichlar tahlil uchun qulay va korxona tomonidan bajarilgan ishlar hajmini nisbatan aniq tavsiflaydi. Lekin natural ko’rsatkichlar qo’llanilishi chegaralangan, chunki aksariyat korxonalar bir emas, balki bir necha turdagi mahsulotlar tayyorlaydi, bu esa turli mahsulotlarni jamlashni istisno etadi. Natural ko’rsatkichlarni qo’llash cheklanganligi shartli-natural ko’rsatkichlar paydo bo’lishiga olib keldi. Masalan, yigirish ishlab chiqarishida mahsulotlar hisobi kilo-nomerlarda, to’qimachilik ishlab chiqarishida – hisob kalavada olib boriladi va hokazo. Tahlilda qimmat ko’rsatkichlardan yalpi va tovar mahsulotlari ko’proq qo’llaniladi, ular mahsulot ishlab chiqarish hajmining bajarilish darajasini tavsiflaydi. Yalpi mahsulot tarkibiga asosiy va qo’shimcha tsexlar tomonidan ishlab chiqilgan tayyor mahsulotlar, o’zlari ishlab chiqargan yarimfabrikatlar, tashqariga chiqarilgan sanoat xarakteridagi ish va xizmatlar, o’z asbob-uskunalarini kapital ta’mirlash, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari o’zgarishi, maxsus mo’ljallangan instrumentlar va o’z ishlab chiqarishidagi yarimfabrikatlar kiritiladi. Yalpi mahsulotdan farqli o’laroq tovar mahsulotlar tarkibiga buyurtmachilar xom ashyosi qiymati va tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari o’zgarishi, o’z ishlab chiqarishidagi yarimfabrikatlar va instrumentlar kiritilmaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari o’sishi yoki kamayishi faqatgina korxonalar qatoridava ishlab chiqarishning uzoq tsikli bilan hisobga olinadi. Tahlil mahsulot ishlab chiqarish dinamikasini o’rganish, bazis va zanjirli o’sish sur’ati hamda ko’payishni hisoblash bilan boshlanadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarish hajmi taqqoslama narxlarda ifodalanishi lozim, uning asosi sifatida esa bazis davr narxlari qabul qilinadi. Masalan, i-davrda mahsulot ishlab chiqarish hajmini bazis davr narxida aniqlash uchun uning miqdorini n oldingi davrlar uchun narxlar indeksi ko’paytmasiga bo’lish lozim: 215000:1,30=165384 220000 : (1,35. 1,30)=125356 i t.d. O’sishning bazis sur’ati har bir keyingi darajani dinamik qatorning birinchi yiliga nisbati bilan, zanjirli sur’ati – oldingi yilga nisbati bilan aniqlanadi. Download 156.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling