Mavzu mahsulot sifatini oshirishni rejalash va ularni boshqarish Reja: Sifat ko’rsatkichlarini kattaligini aniqlash usullari


Mahsulotni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin namunasi har tomonlama tekshiriladigan qabul sinovlar


Download 428.2 Kb.
bet3/4
Sana21.06.2023
Hajmi428.2 Kb.
#1637630
1   2   3   4
Bog'liq
Презентация PPTX (2)

Mahsulotni ishlab chiqarishga joriy qilishdan oldin namunasi har tomonlama tekshiriladigan qabul sinovlar.

Ishlab chiqarish jarayonining oxirida tayyor mahsulotni NTX talablariga yoppasiga ba'zi ko'rsatgichlar bo'yicha texnik nazorat bo'limi (TNB) tomonidan tekshirish. Natijalar tovarlarga qo'shib jo'natiladigan xujjatlarda belgi qo'yiladi.

Sanoat korxonasida sifatni barqarorligini ta'minlash uchun davriy tekshiruv o'tkazilib turiladi.

Bir andozadagi (namunali) sinovlar.

Har 2-3 yilda o'tkaziladigan sinovlari (mustahkamligini sinash uchun);

Remontga yaroqliligini 5 yilda bir marta sinaladi...

Tovarlar 3 ta belgi bo'yicha (sifat, miqdor, alternativ) turli sifat guruhlarga bo'linadi.

Tovarni sifat belgisi bo'yicha navlarga ajratilib qabul qilinadi. Deraza oynalar oliy toifa 1 va 2 navlarga, modelli poyafzallar 2 navlarga bo'linadi.

Nuqsonlar namoyon bo'lishiga qarab yaqqol ko'rinib turadigan va pinxona (yashirin) turlarga bo'linadi.

Yana nuqsonlar katta-kichikligi bo'yicha jiddiy, yirik va ahamiyatsiz turlarga ajratiladi. Nuqsonlar kelib chiqish bo'yicha hom-ashyo, konstruksiya, texnologiya va pardozlash nuqsonlariga bo'linadi.

Tovarlarni miqdor belgisi bo'yicha qabul qilish. Tovarni sifat ko'rsatgichlarini miqdordan aniqlab normativ-texnik xujjatlar talabiga solishtirish ko'zda tutilgan. Sement sifati uni siqishga chidamligiga (markasiga) qarab aniqlanadi. Buni uchun sementdan kubiklar yasaladi, presslangan bosim yo'li bilan uni pishiqligi aniqlanadi. 3 kun saqlangan kubiklar sement pishiqligini yarmini bildiradi. 28 kundan keyin to'la pishiqligi ko'rinadi. 5% ortiq farq bo'lmasligi kerak. Ko'p farq qilsa markasi pasayadi 285 kg/sm gacha bo'lsa 200; 380 kg/sm gacha bo'lsa - 300.

Tovarlarni alternativ belgisi bo'yicha tekshirish savdoda keng qo'llaniladi, tovarlar standart talablariga javob berishiga qarab ishlatishga yaroqli va yaroqsiz turlarga bo'linadi.

Mahsulot sifatini boshqarish

Mahsulot sifatini boshqarish bu mahsulotni yaratish davrida, ekspluatatsiya qilish jarayonida yoki iste'mol qilishda sifat ko'rsatgichlarini kerakli darajada tutib turish uchun xarakatdir. Sifatni boshqarish - bu loyihalash va konstruksiyalash bosqichida optimal darajani ta'minlash, zamonaviy ilmiy-texnik imkoniyatlarga va xaridor talabiga mos keltirish, so'ngra ishlab chiqarish jarayonida bu sifat ko'rsatgichlarini real mahsulotda ta'milab berish demakdir. Bu darajaga mahsulot sifatini kompleks boshqarish sistemalarini ishlab chiqib va tatbiq etib erishish mumkin.


Download 428.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling