Davlat standartlashtirish sistemasi mahsulot sifatini boshqarishni asosiy omili bo'lib xizmat qiladi. Sifatni boshqarish kompleks sistemasiga quyidagilar kiradi: standartlar - maqsadni belgilovchi, ya'ni mahsulot sifatiga qo'yilgan talablami normativlan maqsadga yetishni ta'minlovchi standartlar, ya'ni sifatga ta'sir etuvchi omillarni reglamentlashtirish. Ehtiyojni oldindan bilish standartlari, mahsulot sifat texnik darajasini standartlar. Savdo assortimentini va sifatni boshqarishni hamma bosqichlarida ishtirok etishi kerak. Loyihalash va tadqiqot qilish bosqichida savdo tashkilotlari ishlab chiqarish va loyihalash korxonalarga yangi turdagi tovarlarni yaratishga yoki yangilashga buyurtmalar berishlar kerak. Tajribaviy na munani qabul qilishda savdo xodimlari xal qiluvchi ovozlardan birini beradi, chunki yangi mahsulotni iste'mol xossalariga to'g'ri baho berishi kerak. Tayyorlash bosqichida bunda mahsulotni attestatsiyadan o'tkaziladi. Savdo xodimlari Davlat Attestatsiya komissiyaga a'zo bo'lib kirishadi. Bunda aholi talabi va ehtiyojidan kelib chiqgan xolda mahsulot sifatiga obyektiv baho berishi kerak. Muomala va taqsimot bosqichida savdo xodimlari tovarlarni saqlash, tashish, sotish sharoitlarini shunday yaratilishi kerakki uyda mahsulot sifatida zarar yetmasligi kerak. Bu bosqichda tovarlar sifat ko'rsatichlari bo'yicha qabul qilinishi kerak. Ekspluatatsiya va iste'mol qilish bosqichida tovarlarni to'g'ri ekspluatatsiya qilish, ularga xizmat qilish, sifatini tiklash, eskirgan tovarlarni chiqitga chiqarish jarayonlarini tashkil qilish kerak. Savdo bu haqidagi axborotni xaridorlarga yetkazishi kerak. Bizni yurtimizda mahsulot sifatini boshqarishning yagona davlat tizimi sistemasi bor. Bunday sistema oziq-ovqat soxasida 1975 yildan boshlab ishlay boshlagan. Uning asosiy maqsadi kam mablag' sarf qilgan xolda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishdir. Bunday maqsad faqat ilm-fan, texnika yutuqlarini ilg'or tajribani ishlab chiqarishga keng va izchil joriy qilishidagina amalga oshirishi mumkin. Yuqoridagi sistema-davlat standarti asosida mahsulot ishlab chiqarishga asoslangan. Mahsulotni sifatini boshqarishning yagona davlat sistemasi keng assortimentli yangi mahsulotni ishlab chiqishga va o'zlashtirishga mo'ljallangan. Bu sistema Vazirlar mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |