Mavzu: Makroiqtisodiy siyosatning valyuta kursiga ta’siri. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
Download 304.24 Kb.
|
makro.siyosat
I.Assosiy qism
1.Valuta kursi va uni belgilovchi omillar. Valuta kursi – bu, bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valuta kursini o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. Barcha xalqaro bitimlar valutalarni ayirboshlash orqali olib borilishi tufayli har qanday ayirboshlashda bo‘lgani kabi valuta bahosini yoki valuta kursini aniqlash zaruriyati paydo bo‘ladi. Valuta kursini o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to‘g‘ri va teskari kotirovkalashga ajratiladi. Agar xorijiy valuta birligining bahosi milliy valutada ko‘rsatilsa, bunga to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 975 so‘mga, 1 Rossiya rubli 32 so‘mga teng va hakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valutaning bir birligiga to‘g‘ri keladigan xorijiy valutaning miqdori o‘rnatiladi. Masalan, 1 o‘zbek so‘mi 0,001025 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Dunyoning ko‘p mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham to‘g‘ri kotirovkalash qabul qilingan. Valuta bozoridagi talab va taklifni solishtirish natijasida valutaning bahosi yoki kursi aniqlanadi. O‘zbek so‘mining kursi O‘zbekiston valuta birjasida o‘rnatiladi, uning ishtirokchilari valuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega bo‘lgan banklar hisoblanadi. Shu bilan birga, turli pul birliklari uchun valuta kurslarini o‘rnatish jarayonida bozor kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga bog‘liq holda valuta kurslarini qabul qilishning bir-biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud. 1. Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib yuruvchi valuta kursi tizimi. 2. Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valuta kursi tizimi. Erkin suzib yuruvchi valuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, bir o‘zbek so‘mining AQSh dollariga almashishini qarab qarab chiqamiz. Dollarga bo‘lgan talabning kamayishi D to‘g‘ri chizig‘ida berilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, agarda dollar o‘zbekistonliklar uchun arzon bo‘lsa, amerika tovarlari ham ular uchun arzon bo‘ladi va bu, o‘z navbatida, ularning amerika tovarlariga bo‘lgan talabini oshiradi. (1-rasm) Dollarning taklifi (S) kamaysa, so‘mda belgilangan dollarning qiymati oshadi (ya’ni, dollarda belgilangan so‘mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda amerikaliklar ko‘proq o‘zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki, so‘mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o‘z navbatida o‘zbek tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko‘proq o‘zbek tovarlarini sotib olish imkoni paydo bo‘ladi. O‘zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSh dollarini valuta bozoriga olib chiqadi, chunki, o‘zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so‘mga almashtirishadi. Dollarga bo‘lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning so‘mdagi qiymatini bildiradi. Agarda, dollarning so‘mdagi qiymati oshsa, so‘m qiymatining pasayganligini yoki qadrsizlanganligini ko‘rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so‘mdagi qiymati pasaysa, so‘m qiymatining oshganligini yoki so‘mning qimmatlashganligini ko‘rsatadi. Bir birlik xorijiy valutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valuta sarf qilish milliy valutaning 274 qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan so‘m qadrsizlansa, dollar so‘mga nisbatan qimmatlashadi. Qayd etilgan valuta kursi – bu, xorijiy valutada ifodalangan, davlat tomonidan rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo‘lib, unga valuta bozorida talab va taklifning o‘zgarishi bevosita ta’sir qilmaydi. Qayd qilingan valuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog‘liq bo‘lgan tahlika va noaniqlikni kamaytiradi. Qayd qilingan valuta kurslarini qo‘llash o‘zaro foydali savdo va moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan valuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o‘zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog‘liq: - zahiralarning mavjudligi; - o‘z hajmi bo‘yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to‘lov balansi aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zahiralarini yo‘qqa chiqarishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, valuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida shakllanish darajasi, o‘z-o‘zicha kurslar o‘rtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valutalariga talab va taklifga, demak, valuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va ham tashqi iqtisodiy munosabatlar majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Valuta kurslarining o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularni qisqacha qarab chiqamiz: Download 304.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling