Mavzu: Makroiqtisodiy siyosatning valyuta kursiga ta’siri. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
Erkin suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat
Download 304.24 Kb.
|
makro.siyosat
3.Erkin suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida makroiqtisodiy siyosat.
Suzib yuruvchi valuta kursi sharoitidagi budjet-soliq va pul-kredit siyosati qayd qilingan valuta kursi sharoitidagiga nisbatan mutlaqo boshqacha natijalar beradi. Endi rollarni taqsimlash muammosini to‘g‘ri hal qilish teskari ko‘rinish oladi. Budjet-soliq siyosati savdo, demak, to‘lov balansi uchun pul-kredit siyosatiga nisbatan katta ahamiyat kasb etadi. Aynan budjet-soliq siyosatidan tashqi balansga erish uchun foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ichki balansni ta’minlashda esa pul-kredit siyosatidan foydalanish birinchi planga chiqadi. Agar qayd qilingan valuta kursi sharoitida ichki pul siyosati almashinuv kursinini quvvatlab turishni ham ko‘zda tutgan bo‘lsa, suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida u bunday vazifadan ozod qilinadi va ichki muammolarni hal qilish uchun samaraliroq ishlatilishi mumkin. 296 Pul taklifini kengaytirish foiz stavkalarini pasaytiradi va xarajatlarning oshishiga olib keladi. Ma’lumki xarajatlarning ortishi importning o‘sishini rag‘batlantiradi va savdo balansini yomonlashtiradi. To‘lov balansining taqchilligi yuzaga kelishiga foiz stavkasining pasayishi sababli kapitalning mamlakatdan chiqib ketishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Lekin egiluvchan valuta kursi sharoitida taqchillik saqlanib qolmaydi. Importning o‘sishi va kapitalning oqib ketishi xorijiy valutaga talab oshishiga olib keladi va milliy valuta qadrsizlanadi. Bu qadrsizlanish mamlakat eksportchilarining raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Oqibatda savdo balansi yaxshilanadi. Eksportning ortishi mamlakatimiz mahsulotiga bo‘lgan talabning o‘sishini anglatadi va pul massasining dastlabki o‘sishi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yuksalishni yanada kuchaytiradi. Demak, pul siyosati ichki daromadlarga bevosita (pul taklifining o‘sishi orqali) va bilvosita (almashinuv kursining pasayishi hamda eksportning o‘sishi orqali) ta’sir ko‘rsatadi. Kapitalning oqib ketishiga va o‘z navbatida milliy valutaning qadrsizlanishi darajasiga ta’sir ko‘rsatgani uchun ham kapitalning mobilligi muhim ahamiyatga egadir. Ammo, pul-kredit siyosati murakkab etkazib berish mexanizmiga egaligi sababli uning ishlab chiqarish hajmiga ijobiy ta’siri ishlab chiqarishni kengaytirishning ichki rag‘batlari (foiz stavkasining pasayishi) orqali emas, balki ko‘proq tashqi dunyo orqali ro‘y beradi deb tasavvur qilish mumkin. Boshqacha aytganda, kapitalning chiqib ketishi va valutaning qadrsizlanishi sharoitida mamlakat mahsulotlariga talabning o‘sishi uning eksportiga talabning oshishi hisobiga ro‘y beradi. Shu sababli pul siyosatining ichki balansga ijobiy ta’siri o‘ziga xos xususiyatga ega. Suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida budjet-soliq siyosatining samaradorligini baholash yanada murakkabroqdir.Ma’lumki, davlat xarajatlarining ortishi ichki va tashqi muvozanatga ikki yo‘nalishda: daromad orqali va foiz stavkasi orqali ta’sir ko‘rsatadi. Daromadlarning ortishi(multiplikator samarasi orqali) importni ko‘paytiradi, savdo balansini yomonlashtiradi va milliy valutaning kursini pasaytiradi. Davlat xarajatlarining ortishi, shuningdek, hukumat 297 olayotgan qarzlarini ko‘paytirayotganligini anglatadi, bu esa foiz stavkalarining ortishiga olib keladi. Yuqoriroq foiz stavkalari esa xorijdan kapital oqib kelishini rag‘batlantiradi. Bu esa milliy valuta kursini oshiradi va kapital harakati schyotini yaxshilaydi. Yakuniy natija esa kapitalning mobilligi darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kapitalning past mobiligi sharoitida budjet ekspansiyasi daromad orqali ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Kapitalning uncha ko‘p bo‘lmagan miqdorda oqib kelishi savdo balansining taqchilligini qoplay olmaydi va oqibatda valuta kursi pasayadi. Milliy valutaning arzonlashishi eksportning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratadi va to‘lov balansining taqchilligini bartaraf qilish imkonini beradi. Eksportning ortishi, shuningdek, budjet ekspansiyasining ichki ishlab chiqarishga ijobiy ta’sirini to‘ldiradi. Shu bilan birga kapitalning mobilligi ortib borishi bilan kapital schyotining to‘lov balansi va valuta kursiga ta’siri kuchaya boradi. Kapitalning yuqori mobilligi sharoitida uning oqib kelishi sababli ro‘y bergan valuta kursining ko‘tarilishi tendensiyasi ustunlik qiladi. Bu eksportning qisqarishiga va savdo balansi taqchilligining ortishiga olib keladi. Kapitalning katta miqdorda oqib kelishi bu taqchillikni qoplash va to‘lov balansini muvozanatlashtirish imkonini beradi. Ammo budjet ekspansiyasining ishlab chiqarish hajmiga yakuniy ta’siri deyarli nolga teng bo‘ladi. Bunga kuchli siqib chiqarish samarasi mavjudligi, ya’ni xususiy investitsiyalarni foiz stavkasining oshishi orqali va eksportni almashinuv kursining oshishi orqali siqib chiqarilishi sabab bo‘ladi. Shunday qilib, pul siyosatining ichki daromadga aniq ijobiy ta’siridan farqli ravishda budjet-soliq siyosati kapitalning past mobilligi sharoitidagina samarali bo‘ladi. Xulosa yasab, pul va budjet –soliq siyosatining, tashqi balansni saqlab turgan holda ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatishi nuqtai nazaridan, nisbiy samaradorligini baholashimiz mumkin. Ma’lumki, qayd qilingan valuta kursisharoitida ichki monetar siyosat amalda “falajlangan” bo‘ladi va faqat budjet-soliq siyosatigina samara beradi. Va bu samara kapitalning mobilligi ortishi bilan ko‘payib boradi. 298 Suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida ichki ishlab chiqarish hajmiga, shubhasiz, kapitalning mobilligi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar pul-kredit siyosati ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Download 304.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling