Mavzu: Makroiqtisodiy siyosatning valyuta kursiga ta’siri. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 304.24 Kb.
bet5/9
Sana18.11.2023
Hajmi304.24 Kb.
#1784046
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
makro.siyosat

Konvertirlanmaydigan valyuta – bu, faqatgina ichki to’lovlarga xizmat qiladigan va xorijiy valyutaga ayirboshlanmaydigan milliy valyutadir. Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. Ichki konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida xorijiy valyutani sotib olishi, uni saqlab turishi va u bilan ayrim operatsiyalarni olib borishini imkoniyatini aks ettiradi. Tashqi konvertirlashda xorijda to’lovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlarni ushlab turishga ruxsat etiladi. Valyutalarni konvertirlash ko’pgina mamlakatlar olib borayotgan iqtisodiy siyosatlarning muhim maqsadi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida valyuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya’ni milliyvalyutamiz so‘mning almashuv kursi barqarorligini hamda ichki valyuta bozorida talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda valyuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya’ni milliy valyutamiz so‘mning almashuv kursi barqarorligini hamda ichki valyuta bozorida talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib
chiqib amalga oshirilmoqda. Bunda asosiy e’tibor inflyasion jarayonlarni jilovlashga, milliy valyuta almashuv kursi keskin tebranishlarining oldini olishga hamda eksportni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayapti. Eksportni rag‘batlantirish maqsadida so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko‘rilayapti (pastdagi jadvalda ko’rsatilib o’tilgan).
Jadval ma’lumotlari tahlilidan ko‘rishimiz mumkinki, milliy valyutamiz so‘m muomalaga kiritilgan vaqtdan hozirgacha bo‘lgan davrda milliy valyutaning AQSH dollariga nisbatan devalvatsiyasi 175,1 barobarni tashkil etgan. Eksportni rag‘batlantirish maqsadida so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko‘rilishi natijasida, 2016 yil davomida so‘mning AQSH dollariga nisbatan ayirboshlash kursi 15 foizga pasayib, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, bir AQSH dollari 3231,48 so‘mni tashkil qildi.


Download 304.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling