Mavzu: Makroiqtisodiy siyosatning valyuta kursiga ta’siri. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valuta kurslariga ta’siri
Download 304.24 Kb.
|
makro.siyosat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Real almashinuv kursidagi muvozanat.
- Valyuta tarkibidagi o’zgarishlarning real almashtirish kursiga ta’siri.
4.Makroiqtisodiy siyosatning nominal va real valuta kurslariga ta’siri.
Real valuta kurslari jamg‘arma va sarmoyalar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatuvchi vertikal to‘g‘ri chiziq va sof eksport miqdorini ko‘rsatuvchi, o‘ngdan pastga egilgan egri chiziq kesishgan nuqtada tenglikka erishadi (19.2-rasm). Ushbu nuqtada xorijga kredit berish sifatida ko‘rsatilgan milliy valuta taklifi, xorijliklarning ushbu mamlakatdan sof eksportni sotib olishi uchun zarur bo‘ladigan milliy valuta talabi bilan kesishadi. Bu shuni bildiradiki, real valuta kursi kapital bilan bo‘ladigan operatsiyalar lkibo‘yicha milliy valuta taklifini joriy operatsiyalar uchun unga bo‘lgan talabni tenglashtiradi. Real almashinuv kursidagi muvozanat. (3-rasm) Davlat xarajatlarining oshishi(Yoki soliqlarning kamayishi)milliy jamg’armalarni kamaytiradi va (S-I)egri chiziq chapga suriladi.Bu siljishlar xorijiy investitsiyalar uchun milliy valyuta taklifining kamayishini ko’rsatadi. Valyuta taklifining qisqarishi uning real almashtirish kursini oshiradi.Natijada,milliy mahsulotlar xorijliklarnikiga nisbatan qimmatlashadi.Bu esa,o’z navbatida eksportning qisqarishiga va importning oshishiga olib keladi.Oqibatda joriy operatsiyalar hisobida taqchillik paydo bo’ladi.Agarda soliqlarning kamayishi investitsiyalarning oshishiga olib kelsa,milliy jamg’armalar hajmi o’zgarmasa ham (S-I)egri chizig’I chapga siljiydi. Vava Valyuta tarkibidagi o’zgarishlarning real almashtirish kursiga ta’siri. (4-rasm) Investitsion soliq kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni xorijiy sarmoyadorlar uchun foydali bo’lishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real valyutakursini oshiradi va to’lov balansida taqchillikni keltirib chiqaradi. Chet mamlakatlardagi rag’batlantiruvchi byudjet-soliq siyosati bu mamlakatlardagi jamg’armalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa xalqaro foiz stavkasini oshiradi va kichik ochiq iqtisodiyotdagi investitsiyalar darajasini kamaytiradi. (5-rasm) (6-rasm) Bunday vaziyatlarda xorijga sarmoya qo’yish uchun taklif qilinayotgan milliy valyuta ko’payadi va (S-I) egri chizig’i o’ngga suriladi .Natijada muvozanatli real almashtirish kursi pasayadi, milliy mahsulotlar arzonlashadi va sof eksport ko’payadi. Importga tarif yoki kvotalar joriy qilish siyosati sof eksportning oshishiga olib keladi va bu hol grafikda Xn (E)1 egri chizig’ini Xn (E)2 holatiga siljishi sifatida namoyon bo’ladi.Natijada muvozanatli real valyuta kursi oshadi, milliy mahsulotlar qimmatlashadi va sof eksport kamayadi. Shunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish maqsadida olib boriladigan protektsionistik savdo siyosati joriy operatsiyalar hisobi va kapital harakati hisobiga ta’sir qilmaydi. Ammo, u muvozanatli real valyuta kursini oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi. Sof eksport o’zgarmagan bo’lsa ham B nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport va import hajmidan kam bo’ladi. Importga cheklashlarni joriy qilish ichki narxlar darajasi (Pd)ning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham uzoq davrda nominal valyuta kursi (En) narxlar oshishiga teng tarzda kamayadi. Natijada, o’sgan muvozanatli real valyuta kursi E2 nuqtada barqarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi ortidan E1 nuqtaga qadar pasaymaydi. Baholar darajasining ko’tarilishiga javoban nominal valyuta kursining pasayishi sotib olish qobiliyati paritetini tiklaydi. Download 304.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling