Mavzu: Maktabgacha ta’lim tizimida manitoring tizimni tashkil qilish Tayyorladi: Raimova Nilufar Xoliyarovna


Maktabgacha taʼlim sifati monitoringi tizimi va usullari


Download 113.76 Kb.
bet6/7
Sana12.03.2023
Hajmi113.76 Kb.
#1263539
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Raimova Nilufar slayd

Maktabgacha taʼlim sifati monitoringi tizimi va usullari

  • Monitoring - lotincha monitoring, yaʼni kuzatish, nazorat qilish va ogohlantirish kabi funksiyalarni tadbiq etishga oshirishga qaratilgan harakatni amalga oshirishni anglatadi.
  • Pedagogik monitoring - bu pedagogik tizim faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tashkil etish, yigʻish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish shaklidir. Ushbu shakl pedagogik tizim holatini kuzatishni taʼminlaydi va uning rivojlanishini bashorat qilishga imkon beradi.
  • Monitoringda natijalar uchta darajada kuzatiladi: tarbiyachi, rahbar va ota-onalar, ularning oʻzi uning obyekti sifatida namoyon boʻladi. Uning turi, vazifalari va maqsadlari monitoring obyekti sifatida kim tanlanganiga bogʻliq. Eng xabardor va tezkor ravishda, avvalambor, faoliyat jarayonlarining parametrlari va xususiyatlari kuzatiladi. Keyin obyekt holatidagi oʻzgarishlarni kuzatish, baholash va bashorat qilishni amalga oshiriladi.
  • Monitoring tashxisdan farqli tushuncha hisoblanadi, chunki tashxisda faoliyat allaqachon maʼlum boʻlgan hodisani oʻrganishga qaratilgan boʻlib, u yetarlicha tavsiflangan va tashxis boʻyicha mutaxassisga u haqidagi maʼlumotlarni olingan axborotlar bilan taqqoslash imkonini beradi. Monitoringning oʻziga xos xususiyatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: kuzatuv tizimi 1, 3, 5 yil davom etadi;
  • Bu maqsadga yoʻnaltirilgan maxsus tizim boʻlib, u pedagogik jarayonning har bir bosqichida rejalashtirilgan va ongli ravishda amalga oshiriladi.
  • Monitoring davomida barcha eʼtibor pedagogik jarayonning xarakteristikasiga, uning qaysi xususiyatlar bilan davom etishiga qaratiladi. Ushbu maʼlumot samarali boʻlishdan koʻra tezkorroq va muhimroq hisoblanadi. Monitoring tadqiqotlari uning mohiyatini belgilaydigan bir qator vazifalarni aniqlashga imkon berdi:
  • 1. Taʼlim tizimining holati kompetensiya imkoniyatlari darajasida doimiy ravishda kuzatiladi, bunda bu haqda tezkor maʼlumot olish mumkin;
  • 2. Taʼlim tizimidagi oʻzgarishlarni, shuningdek ularni keltirib chiqargan omillarni oʻz vaqtida aniqlash mumkin;
  • 3. Maktabgacha taʼlim tizimidagi salbiy tendensiyalarning oldini olish mumkin;
  • 4. Qisqa vaqt ichida taʼlim tizimidagi eng muhim jarayonlarning rivojlanishini taxmin qilish mumkin;
  • 5. Tatbiq etishning toʻliqligi va taʼlimni metodik taʼminlash samaradorligini baholash.
  • Monitoringda taʼlim jarayonining doimiy ravishda kuzatib borilishini hisobga olib, uning oldiga bir nechta tashkiliy va uslubiy talablar qoʻyiladi:
  • Monitoring koʻrsatkichlarining shakli va toʻplami maʼlum bir berilgan vaqt davomida doimiy va tabiiy boʻlishi kerak;
  • Koʻrsatkichlar, iloji boricha, taʼlim jarayonining allaqachon chuqur oʻrganilgan va taʼlim sifati darajasini yetarli darajada aks ettirishi mumkin boʻlgan hodisalarini qayd etishi kerak;
  • Taʼlim sifatini boshqarishda koʻrsatkichlar baholash xususiyatiga ega boʻlishi kerak;
  • Amaldagi koʻrsatkichlar toʻplami yiliga kamida bir marta oʻzgartirilishi kerak.
  • Demak, monitoring - koʻplab funksiyalarni amalga oshiradigan yaxlit tizimdir.
  • Monitoring aspektlari (jihatlari) quyidagilar hisoblanadi:
  • 1. Uzluksizlik (maʼlumotlar doimiy ravishda toʻplanadi);
  • 2.Tashxis qilish (obyekt, jarayon yoki tizimning hozirgi holati taqqoslanadigan mezon yoki modellar mavjud);
  • 3. Ilmiylik (kuzatiladigan parametrlar va asoslangan modellar);
  • 4.Qaytar aloqa (monitoring obyekti natijalar toʻgʻrisida xabardor qilingan, shuning uchun tuzatishlar kiritish imkoni mavjud).

Download 113.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling