Mavzu: Maktabgacha ta’lim tizimida manitoring tizimni tashkil qilish Tayyorladi: Raimova Nilufar Xoliyarovna


Download 113.76 Kb.
bet2/7
Sana12.03.2023
Hajmi113.76 Kb.
#1263539
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Raimova Nilufar slayd

Taʼlim ishlari monitoringi

  • Monitoring maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini boshqarish muammolarni samarali hal etish uchun oʻquv jarayonini tashkil etish va natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, tizimli hisobga olish, qayta ishlash va tahlil qilishni koʻzda tutadi. MTTning taʼlim sifatini asosiy Davlat oʻquv dasturiga muvofiq, har yili oʻtkaziladigan oraliq (kalendar yil oxirida) yoki yakuniy (oʻquv yili oxirida) monitoringi, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari muammolarini yaqqol aniqlashga va rivojlanish istiqbollarini kuzatishga imkon beradigan tahliliy faoliyatdir.
  • Ushbu monitoring yordamida biz quyidagilarni aniqlaymiz:
  • maktabgacha taʼlim boʻyicha Davlat taʼlim dasturini amalga oshirish;
  • maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va aqliy rivojlanish darajasi;
  • tarbiyalanuvchilar salomatligining holati;
  • yangi kelgan bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlari sharoitlariga moslashish darajasi;
  • tayyorgarlik guruhlari bolalarining maktabga tayyorligi;
  • predmetli-rivojlantiruvchi muhitning mosligi ……
  • Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashxisning asosiy usullari quyidagilardir: kuzatuv, eksperiment, suhbat va faoliyat mahsulini tahlil qilish. Tashxis tizimi maktabgacha yoshdagi har bir bolani har tomonlama rivojlantirish va sogʻlomlashtirish uchun individual trayektoriyani taʼminlashga imkon beradi, uni maktabga tayyorlashga yordam beradi.

Boshqaruv faoliyati monitoringi

  • Maktabgacha taʼlim tashkiloti boshqaruvi monitoringining muhim boʻlimlaridan biri bu resurslar bilan taʼminlashdir (sharoitlar);
  • Taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun sharoitlarni taʼminlash (xizmatlarga, maktabgacha taʼlimni tashkil etishning yangi shakllariga boʻlgan ehtiyojni qondirish);
  • Moddiy-texnik taʼminot (guruhlar, kabinetlar va jihozlar)
  • Dasturiy taʼminot (taʼlim dasturi, rivojlantirish dasturi);
  • Kadrlar bilan taʼminlash (maʼmuriy xodimlar, pedagoglar jamoasi, tibbiy xizmat, buxgalteriya xizmati);
  • MTT faoliyatini axborot-texnologik qoʻllab-quvvatlash (texnologik uskunalar, sayt, dasturiy taʼminot mavjudligi);
  • Taʼlim muassasasi faoliyati xavfsizligini taʼminlash, maktabgacha yoshdagi bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish;
  • Ijtimoiy va pedagogik sheriklik (ijtimoiy-davlat boshqaruvi organlari, sherik-muassasalarning tarkibi).

Download 113.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling