Mavzu: Maktabgacha ta’lim tizimida manitoring tizimni tashkil qilish Tayyorladi: Raimova Nilufar Xoliyarovna


Maktabgacha taʼlimning sifati tushunchasi. Maktabgacha taʼlim sifatining tarkibi va xususiyatlari


Download 113.76 Kb.
bet3/7
Sana12.03.2023
Hajmi113.76 Kb.
#1263539
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Raimova Nilufar slayd

Maktabgacha taʼlimning sifati tushunchasi. Maktabgacha taʼlim sifatining tarkibi va xususiyatlari

  • Davlat taʼlim siyosatining asosiy vazifasi maktabgacha taʼlim sifatini taʼminlashdir.
  • Maktabgacha taʼlimning sifati - bu maktabgacha taʼlimning amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqlik darajasi va taʼlim xizmatlari isteʼmolchilarining maktabgacha taʼlim sifatidan qoniqish darajasini ifodalovchi murakkab xarakteristikadir.
  • Taʼlim sifatini taʼminlash muammosi uni baholashning eng samarali mexanizmlarini izlash bilan uzviy bogʻliqdir. Pedagogikada taʼlim sifatini baholashning turli xil tamoyillari, mexanizmlari (tashxis, tahlil qilish, nazorat qilish, monitoring qilish va h.k.) taʼlim sifatiga nisbatan qoʻyiladigan zamonaviy talablarga muvofiq ravishda oʻrganib chiqilgan.
  • Tashxis - bu oldingi ilmiy izlanishlar davomida allaqachon kashf etilgan va tashxis boʻyicha mutaxassisning xotirasida mavjud boʻlgan va u olinadigan axborot bilan uni taqqoslaydigan yetarli darajada toʻliq, aniq tavsifga ega boʻlgan, hodisaning mohiyatini ochib berishga qaratilgan faoliyatdir. 
  • Pedagogik tashxis - bu taʼlim faoliyati rivojlanishining zaruriy sharti hisoblangan pedagogik monitoringni amalga oshirish uchun asosdir. Tashxis - bu bir martalik tadbir. Tizimda barcha natijalarni kuzatish va maktabgacha yoshdagi bolalarning individual qobiliyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda ularni yanada rivojlantirish yoʻllarini belgilash bilan bir qator tashxis ishlari olib borish esa - monitoringdir. Monitoring - lotincha monitoringning hosila shakli boʻlib, kuzatish, nazorat qilish va ogohlantirish kabi funksiyalarni amalga oshirishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirishni anglatadi. 
  • Pedagogik monitoring - bu pedagogik tizim faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tashkil etish, yigʻish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish shaklidir. Ushbu shakl pedagogik tizim holatini nazorat qilishni taʼminlaydi va uning rivojlanishini bashorat qilishga imkon beradi.
  • Tahlil - oʻrganilayotgan obyektning samarali va taxminiy faoliyat koʻrsatkichlarini reja va oʻtgan davr (yil) maʼlumotlari bilan taqqoslashdir;
  • Nazorat - bu xizmatlar va bajariladigan jarayonlarning belgilangan talablarga mosligini kafolatli tasdiqlash uchun amalga oshiriladigan rejali va tizimli faoliyatdir.

Download 113.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling