Mavzu: maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Men kichkina paytimda qanday bо‘lgan edim», «Men katta
birinchi davr - bu 3-4 Yosh oralig‘ida bо‘lib, bola emotsional jihatdan
о‘z-о‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir; ikkinchi davr - bu 4-5 Yoshni tashkil qilib axloqiy о‘z-о‘zini boshqarish; uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalar borgan sari qat’iylasha boradi. Axloqiy tushunchalar manbai sifatida, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan kattalar, Shuningdek, tengdoshlari ham bо‘lishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, Shuningdek, kattalarning ayniqsa, onalarning maqtovi va tanqidlari ta’sirida о‘tadi va mustahkamlanadi. Bola doimo baho, ayniqsa maqtov olishga harakat qiladi. Bu baho va maqtovlar bolaning muvaffaqiyatga erishishga bо‘lgan harakatlarining rivojlanishida, Shuningdek, uning shaxsiy hayoti hamda uning kasb tanlashida ahamiyati juda kattadir. Bog‘cha Yoshidagi bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari - bu bolani tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog‘liq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog‘liq bо‘lgan motivlardir. Bu motivlarga asta-sekinlik bilan bilim, kо‘nikma va malakalarni egallash bilan bog‘liq bо‘lgan о‘qish motivlari qо‘shiladi. Bu motivlar ilk bolalik davridan boshlanib, yuzaga keladigan bolalarning tabiiy qiziquvchanligi о‘rnida paydo bо‘ladi. О‘zini namoyon qilish motivlari ham bu Yoshda yaqqol namoyon bо‘ladi. Bu motiv, asosan, bolalarning syujetli-rolli о‘yinlarida asosiy rolni egallashga, boshqalar ustidan rahbarlik qilishga intilishda, musobaqaga kirishishga, nima bо‘lganida ham yutishga harakat qilishlarida kо‘rinadi. Maktabgacha Yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan baho juda muhim. Bolalar birinchi navbatda ma’naviy axloq meyor va qoidalarini, о‘z majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga rioya etish, hayvon va narsalar bilan muomala qilish meyorini egallaydilar. Bunday meyorlarni egallash bu Yoshdagi bolalar uchun qiyin hisoblanib, ularni yaxshi о‘zlashtirishi uchun syujetli-rolli о‘yinlar yordam berishi mumkin. Bog‘cha Yoshining oxirlariga kelib, kо‘pchilik bolalarda aniq bir axloqiy qarashlar tarkib topadi, Shuningdek, odamlarga munosabat bilan bog‘liq bо‘lgan shaxsiy sifatlar jumladan: kishilarga nisbatan diqqat-ye’tiborli, mehribon bо‘lish xususiyati ham shakllanadi. Katta Yoshdagi bolalar kо‘p hollarda о‘z xatti-harakatlari sabablarini tushuntirib bera oladilar. 3-3,5 Yoshlar oralig‘ida bolalar о‘zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga о‘z munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat, asosan, ularning о‘zlariga beradigan yuqori baholari asosida shakllanadi. 4 Yoshli bolalar esa о‘z imkoniyatlarini real baholay oladilar. Lekin, 4-5 Yoshli bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, Shuningdek о‘zlari haqida ma’lum bir xulosani bera olmaydilar. О‘z-о‘zini anglash layoqati katta bog‘cha Yoshidan rivojlanib, avval u qanday bо‘lganini va kelajakda qanday bо‘lishini fikrlab kо‘rishga harakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan «Men kichkina paytimda qanday bо‘lgan edim?», «Men katta Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling