Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi
Bolaning maktabda muvaffaqiyatli о‘qishi kо‘p jihatdan ularning maktabga
tayyorgarlik darajalariga bog‘liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan
tayyor bо‘lishi kerak. 6 Yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi
о‘ziga xos tarzda kechadi. Bu Yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. Uning
og‘irligi oyiga 150 dan 200 gacha, bо‘yi esa 0,5 sm gacha kо‘payadi. 6 Yoshli
bolalar turli tezliklarda, tez va engil yugura oladilar. Ular sakrash, konkida
yugurish, chang‘ida uchish, suzish singari harakatlarni ham bemalol bajarishlari
mumkin. Musiqa bо‘yicha mashg‘ulotlarda esa xilma-xil ritmik va plastik
harakatlarni bajaradilar, turli mashqlarni aniq, tez, engil va chaqqon bajara
oladilar.
6-7 Yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali
kasalliklardan xalos etish, kо‘rish va eshitish qobiliyatiga alohida e’tibor berish,
Shuningdek, umurtqa pog‘onasining tо‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish,
nihoyatda muhim. Kattalar shu Yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar,
bu Yoshdagi bolalar organizmi hali о‘sishi davom etayotganligini doimo
hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga о‘rgatish hali
barmoq muskullari tо‘liq rivojlanmaganligi sababli ularga ma’lum darajada
zarar keltirishi, bolaning chiroyli yoza olmasligi esa, о‘z-о‘zidan bolani
о‘ziga nisbatan ishonchini yoki о‘qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib
kelishi mumkin.
Motivatsion tayyorgarlik. Katta bog‘cha Yoshdagi bolalar asosan, maktabda
о‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bо‘lishi
mumkin. "Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib
berishadi”‘, "Maktabda о‘rtoqlarim kо‘p bо‘ladi va men ular bilan mazza qilib
о‘ynayman”, "Maktabda uxlatishmaydi". Bunday motivlarni bolalarga odatda
ota-onalar singdiradilar. Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz bolalarni juda
qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli о‘qish uchun asosiy sabab bо‘la
olmaydi.Ota-onalar, pedagog, tarbiyachilar tomonidan bolalarga bilish, о‘rganish
motivlarini singdirilishi maktabda muvafaqqiyatli о‘qish omili bо‘lib xizmat qila
oladi. "Men otamga о‘xshagan bо‘lishim uchun о‘qishim kerak", "Yozishni
Do'stlaringiz bilan baham: |