Mavzu: maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
-predmetlarni о‘rganishi;
-individual predmetli о‘yinlar, jamoa syujetli-rolli о‘yinlar; -individual va guruhiy ijod; -musobaqa о‘yinlari; -muloqot о‘yinlari; -uy mehnati. О‘yin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bо‘lgan ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani о‘zlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallashi uchun odam, avvalo, etarli darajada nutqni egallagan bо‘lishi, ma’lum malakalar, uquvlar va sodda tushunchalarga ega bо‘lishi kerak bо‘ladi. Bularga bola yuqorida kо‘rsatib о‘tganimizdek, о‘yin faoliyati orqali erishadi. Bog‘cha Yoshidagi bolalar bilish jarayonlarining rivojlanishi Bog‘cha Yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, diqqat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutq, xayol, hissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni hali bir-biridan yaxshi farq qila olmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan о‘yinchoqlar, rangli kiyimlar, rangli xalqalar, qutichalar va shu singari о‘yinchoqlar berish maqsadga muvofikdir. Bog‘cha Yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok qilishda ularning kо‘zga yaqqol tashlanib turuvchi belgilariga (rangi va shakliga) asoslansalar ham, lekin chuqur tahlil qila olmaydilar. Bog‘cha Yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok qilish qobiliyatiga ega bо‘ladilar. Bolalar suratlarni idrok qilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni tahlil qilishga о‘rgatishlari lozim. Bunda, asosan, bolalar diqqatini: 1. Suratning mazmunini (syujetini) tо‘g‘ri idrok qilishga; 2. Suratning umumiy kо‘rinishida har bir tasvirlangan narsalarning о‘rnini tо‘g‘ri idrok qilishga; 3. Tasvirlangan narsalar о‘rtasidagi munosabatlarni tо‘g‘ri idrok qilishga qaratish kerak. Diqqat har qanday faoliyatimizning doimiy yо‘ldoshidir. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi ahamiyati benihoya kattadir. Bog‘cha Yoshidagi bolalar diqqati asosan ixtiyorsiz bо‘ladi. Bog‘cha Yoshidagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning о‘sib borishi uchun о‘yin juda katta ahamiyatga ega. О‘yin paytida bolalar diqqatlarini bir joyga tо‘plab, о‘z tashabbuslari bilan ma’lum maqsadlarini ilgari suradilar. Bu Yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning о‘z oldiga qо‘ygan yangi talablari asosida takomillasha boradi. Maktabgacha Yoshdagi bolalarning xotirasi kо‘rgazmali, obrazli bо‘lishi bilan xarakterlidir. Bolada kо‘proq ixtiyorsiz esda qoldirish va ixtiyorsiz esga tushirish ustunlik qiladi. Bola sо‘zlarni hech qanday ma’nosiz takrorlayveradi. Ammo keyinchalik, kattalarning ta’sirida, ixtiyoriy esda qoldirish ham asta-sekin rivojlana boradi. Bola ravshan va emotsional rang-barang materialni oson esda qoldiradi. Uch yashar bola taassurotlarini bir necha oy davomida esda saqlab tura olishga qodirdir. Xotiraning о‘sishiga о‘yinlar, turli mashg‘ulotlar, she’r yodlash, ertak va hikoyalar aytish hamda sayr paytida kuzatish ishlarini olib borish yordam beradi. Ushbu Yoshdagi bolalar yangi sо‘zlarni ham, hatto chet tillardagi sо‘zlarni ham osongina eslab qoladilar. Lekin, bolalar materialni oson esda qoldirsalar ham, ular kо‘pining ma’nosiga yaxshi tushunmaydilar va ulardan nutqda foydalanishga qiynaladilar. Kattalarning vazifasi bolalarning mumkin qadar kо‘proq sо‘zlarni va tasavvurlarni eslab qolishigagina emas, balki ular uchun tushunarli, foydali bо‘lgan turli bilimlarni egallashiga erishishdan iborat. Bolalar bu xildagi bilimlardan о‘z о‘yinlarida, rasmlarida, ustozlari yoki kattalar bilan suhbatda foydalanadilar, bu bilimlar ularning aqliy va axloqiy о‘sishlari uchun xizmat qiladi. Bog‘chagacha bо‘lgan Yoshdagi bolalarda ixtiyorsiz diqqat ustunligicha qolaveradi. Masalan, bola juda berilib ertak eshitayotgan bо‘lsa ham, xonaga birov kirib qolsa, uning diqqati ixtiyorsiz shu ertakdan chalg‘iydi. Bog‘cha Yoshidagi bolalar о‘zlari uchun ahamiyatga ega bо‘lgan, ularda kuchli taassurotlar qoldiradigan va ularni qiziqtiradigan narsalarni beixtiyor eslarida olib qoladilar. Bog‘cha Yoshidagi bolalarning tafakkuri va uning rivojlanishi о‘ziga xos xususiyatga ega. Tafakkur bolaning bog‘cha Yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bog‘cha Yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan kо‘payishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi rivojlangan bо‘lishi, uchinchidan esa, bog‘cha Yoshidagi bolalarning erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bо‘lishlaridir. Bog‘cha Yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘ilishi, ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola о‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik sо‘na boshlaydi. Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, hayron qolish va natijada turli savollarning tug‘ilishi tufayli paydo bо‘ladi. Kо‘pgina ota-onalar va ayrim tarbiyachilar agarda bolalar ortiqroq savol berib yuborsalar, Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling