Mavzu: maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
juda yaxshi kо‘raman", "О‘qishni о‘rganaman”, "Maktabda qiyin misollarni
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
3-mavzu
juda yaxshi kо‘raman", "О‘qishni о‘rganaman”, "Maktabda qiyin misollarni
echishni о‘rganaman"- bunday motivlar tо‘g‘ri motivatsion tayyorgarlikka misol bо‘la oladi. Aqliy tayyorgarlik. Kо‘pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan ta’limga asos bо‘lishi mumkin, lekin sо‘z boyligi, ma’lum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy kо‘rsatkichi bо‘la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma’lum bir xulosa chiqara olish, Shuningdek etarli darajada rivojlangan boshqa bilish jarayonlarini ham talab etadi. Masalan, 6-7 Yoshli bola tabiat haqida ayrim hodisalarnigina emas, balki organizmning tabiat bilan bog‘liqligini va о‘zaro ta’sirini ham tushunishi va о‘zlashtirishi mumkin. 6-7 Yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bо‘lib, yuqori darajada rivojlangan kо‘rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog‘liqlikni ajrata olishidir. Shuni alohida ta’kidlab о‘tish lozimki, kо‘rgazmali-harakatli va kо‘rgazmali-obrazli tafakkur nafaqat 6-7 Yoshli bolalar, balki kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilarning ham aqliy rivojlanishida asosiy vazifani bajaradi. Bolaning maktabda muvaffaqiyatli о‘qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy, ijtimoiy-psixologik tayyogarligiga ham bog‘liq. Kichik maktab Yoshidagi о‘quvchilar о‘rtog‘ining salbiy xususiyatlarini kо‘pchilik va begonalar о‘rtasida bemalol ayta olish xususiyatiga ega bо‘ladilar. Bu esa axloqi va odobi jihatidan tanqidga uchrayotgan bolani о‘rtoqlari jamosiga qо‘shilishdan bosh tortishiga yoki umuman maktabga kelishni istamasligiga sabab bо‘lishi mumkin. Shu sabab bolani о‘rtoqlari va ustozlari tomonidan tanqidga uchramaydigan darajada axloq-odob qoidalariga о‘rgatish ahamiyati jihatidan kam bо‘lmagan axloqiy tayyorgarlik hisoblanadi. Bolani maktabga irodaviy tayyorgarligi uni yangi kun tartibiga amal qilishida, dars jarayonida qunt bilan bilimlarni о‘zlashtirishida, uy vazifalarini bajarishida о‘z yordamini kо‘rsatadi. Maktabga о‘qish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqeini - turli majburiyatlari va huquqlari bо‘lgan va unga turli talablar qо‘yiladigan - о‘quvchi mavqeini olish uchun tayyor bо‘lmog‘i lozim. Ushbu xohish va harakat bolaning maktabda muvaffaqiyatli о‘qishi uchun tabiiy ravishda asos bо‘la oladi. Bolaning endi о‘zini katta bо‘lganini, bog‘cha bolasi emas, balki ma’lum bir majburiyatlari bor о‘quvchi bо‘lishini anglashi, jiddiy faoliyat bilan shug‘ullanayotganligini bilishi nihoyatda muhim. Bolaning maktabga borishini istamasligi ham salbiy holat hisoblanadi. Maktabga shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik bolalarda tengdoshlari, о‘qituvchilari bilan munosabatga kirisha olish xususiyatini shakllantirishni ham о‘z ichiga oladi. Har bir bola bolalar jamoasiga qо‘shila olishi, ular bilan hamkorlikda harakat qila olishi, ba’zi vaziyatlarda ularga yon bosib, boshqa vaziyatlarda yon bosmaslikka erisha olishi zarur. Ushbu xususiyatlar bolaning maktabdagi yangi sharoitlarga tez moslasha olishini ta’minlab beradi. 6-7 Yoshli bolalar о‘qishidagi asosiy qiyinchilik shundaki, kо‘pincha bu Yoshdagi bolalar о‘qituvchini uzoq vaqt davomida tinglay olmaydilar, о‘quv harakatlariga uzoq vaqt о‘z diqqatlarini qarata olmaydilar. Bunga sabab, faqat, shu Yoshdagi bolalarda ixtiyoriy diqqatning rivojlanmaganligida emas, balki bolaning kattalar bilan muloqotga kirisha olish xususiyatiga ham bog‘liq. Chunki, shu xususiyati rivojlangan bolalar erkin muloqotga kirisha oladilar, qiziqtirgan narsalar haqida sо‘ray oladilar. Natijada ularning о‘qishga bо‘lgan qiziqishlari ortadi va о‘qituvchi gapirayotgan narsalarni diqqat bilan uzoq vaqt eshita oladilar. Demak, bolaning maktabga tez moslashishi va muvaffaqiyatli о‘qishida shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyorgarligining ham ahamiyati juda katta. Bu davrda bolalarda avvalo bilish sohalari, sо‘ngra esa emotsional motivatsion yо‘nalish bо‘yicha ichki shaxsiy hayot boshlanadi. U yoki bu yо‘nalishdagi rivojlanish obrazlilikdan ramzlikkacha bо‘lgan bosqichlarni о‘taydi. Obrazlilik deyilganda bolalarning turli obrazlarni yaratishi, ularni о‘zgartirishi va erkin harakatga keltirishi, ramzlilik deyilganda esa belgilar tizimi (matematik, lingvistik, mantikiy va boshqalar) bilan ishlash malakasi tushuniladi. Maktabgacha Yosh davrda ijodkorlik jarayoni boshlanadi. Ijodkorlik layoqati, asosan, bolalarning qonstruktorlik о‘yinlarida, texnik va badiiy ijodlarida namoyon bо‘ladi. Bu davrda maxsus layoqatlar kurtaklarining birlamchi rivojlanishi kо‘zga tashlana boshlaydi. Maktabgacha davrda tasavvur, tafakkur va nutq umumlashadi. Bu esa bu Yoshdagi bolalarda tafakkur qilish omili sifatida ichki nutq yuzaga kelayotganligidan dalolat beradi. Bilish jarayonlarining sintezi bolaning о‘z ona tilini tо‘liq egallashi asosida yotadi. Bu davrda nutqning shakllanish jarayoni yakunlana boshlaydi. Nutq asosidagi tarbiya jarayonida bolada sodda axloq meyorlari va qoidalar egallaniladi. Bu meyor va qoidalar bola axloqini boshqaradi. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling