Mavzu: maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana11.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1258679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu

-predmetlarni о‘rganishi; 
-individual predmetli о‘yinlar, jamoa syujetli-rolli о‘yinlar; 
-individual va guruhiy ijod; 
-musobaqa о‘yinlari; 
-muloqot о‘yinlari; 
-uy mehnati. 
Bog‘cha Yoshidagi bolalar nutqni bir muncha tо‘la о‘zlashtirganlari va 
haddan tashqari harakatchanliklari tufayli ularda о‘zlariga yaqin bо‘lgan katta 
odamlar va tengdoshlari bilan munosabatda bо‘lish ehtiyoji tug‘iladi. Ular tor 
doiradan kengroq doiradagi munosabatlarga intila boshlaydilar. Ular endi 
bog‘chadagi о‘rtoqlari va qо‘ni-qо‘shnilarning bolalari bilan ham jamoa bо‘lib 
о‘ynashga harakat qiladilar. 
Hamma narsani bilib olishga bо‘lgan ehtiyoj kuchayadi. Bog‘cha 
Yoshidagi bola tabiatiga xos bо‘lgan kuchli ehtiyojlardan yana biri, uning har 
narsani yangilik sifatida kо‘rib, uni har tomonlama bilib olishga intilishidir.
Bog‘cha Yoshidagi bolalar hayotida va ularning psixik jihatidan о‘sishida 
qiziqishning roli kattadir, qiziqish xuddi ehtiyoj kabi, bolaning biror faoliyatga 
undovchi omillardan biridir. Shuning uchun ham qiziqishni bilish jarayoni bilan 
bog‘liq bо‘lgan murakkab psixik hodisa desa bо‘ladi. 
Bolaning kamol topishida qiziqishning ahamiyati shundaki, bola qiziqqan 
narsasini mumkin qadar chuqurroq bilishga intiladi va uzoq vaqt davomida 
qiziqqan narsasi bilan shug‘ullanishdan zerikmaydi. Bu esa о‘z navbatida 
bolaning diqqati hamda irodasi kabi muhim xislatlarni о‘stirishga va 
mustahkamlashiga yordam beradi. 3-7 Yoshli bolalarning psixik rivojlanishida 
badiiy-ijodiy faoliyat turi bо‘lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. 
Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos ritmik harakatlar 
qilishga о‘rganadilar. 


Bog‘cha Yoshidagi bolalar о‘yinining psixologik xususiyatlari 
Ma’lumki, bolaning Yoshi ulg‘ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati 
oshgan sari, uning atrofidagi narsa va hodisalar bо‘yicha dunyoqarashi kengayib 
boradi. Maktabgacha Yoshdagi bolalarning etakchi faoliyati о‘yindir. Bu 
Yoshdagi bolalarning о‘yinlarini uchga bо‘lish mumkin: 
1)predmetli о‘yinlar(15-20 minut о‘ynaladi); 
2)syujetli-rolli о‘yinlar (30-60 minut о‘ynaladi); 
3) qoidali о‘yinlar (1soatdan -2kungacha davom etishi mumkin). 
Bog‘cha Yoshidagi bolalarning о‘yin faoliyatlari masalasi asrlar davomida 
juda kо‘p olimlarning diqqatini о‘ziga jalb qilib kelmoqda. Bog‘cha Yoshidagi 
bolalar о‘zlarining о‘yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg‘a qarab 
borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga 
intiladilar. 
Bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida ular bilan bevosita 
amaliy munosobatda bо‘lishga intiladi. Bu о‘rinda shu narsa harakterliki, bola 
bilishga tashnaligidan atrofdagi о‘zining haddi sig‘adigan narsalari bilangina 
emas, balki kattalar uchun mansub bо‘lgan, о‘zining kuchi ham etmaydigan, 
haddi sig‘maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bо‘lishga intiladi. 
Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni о‘zi haydagisi, xaqiqiy otga minib 
yurgisi, uchuvchi bо‘lib, samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bо‘lgisi 
keladi. Tabiiyki bola о‘zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy yо‘l 
bilan qondira olmaydi. Bu о‘rinda savol tug‘iladi. Bolalarning tobora ortib 
borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari о‘rtasidagi qarama-
qarshilik qanday yо‘l bilan hal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgina birgina 
faoliyat orqali, ya’ni, bolaning о‘yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. 
Buni quyidagicha izohlab berish mumkin: 
birinchidan, bolalarning о‘yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab 
chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni о‘yinga undovchi 
sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu о‘yin jarayonidagi 
turli harakatlarning mazmuniga bog‘liqdir; 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling