Mavzu: manzarali gullar kasalliklari
Gullar va manzarali o‘simliklarning urug‘lari mog‘orlashi
Download 227.04 Kb. Pdf ko'rish
|
7-MANZARALI GULLAR KASALLIKLARI
Gullar va manzarali o‘simliklarning urug‘lari mog‘orlashi
Gullar va manzarali o‘simliklar urug‘larining eng keng tarqalgan mog‘orlari qatoriga kulrang mog‘or (qo‘zg‘atuvchilari Botrytis spp., Cylindrosporium stellatum) kulrang bosh shaklli mog‘or (Rhizopus nigricans, Mucor mucedo, ba’zan M. albo-ater, M. racemosus, M. plumbeus, Thamnidium elegans), yashil mog‘or (Penicillium glaucum, P. restictum, P. luteo- viridae, P. P. italicum, P. puberulum, P. divergens) hamda Aspergillus glaucus, Trichoderma lignorum), qora mog‘or (Alternaria alternata Aspergillus spp., ko‘pincha Aspergillus niger, ba’zan Alternaria brassicae, A. porri, A. humicola, Cladosporium longipes, C. epiphyllum, C. elegantum), zaytun-qo‘ng‘ir mog‘or (Alternaria spp.), nimrang tusli mog‘or (Fusarium spp., Trichotecium roseum, Monilia sitophila). Gullar va manzarali o‘simliklarning urug‘lari mog‘orlashi bilan kurash choralari ● Urug‘ olish uchun o‘stirilayotgan gullar va manzarali o‘simliklar uchastkalarning fitosanitar holatini muntazam ravishda nazorat qilib borish, ushbu uchastkalarda kasalliklarning oldini olish ishlarini o‘tkazish. ● Urug‘larni to‘plash va saqlash qoidalariga qat’iy rioya qilish. ● Urug‘larni tavsiya qilingan optimal muddatlarda to‘plash, ular tuproq bilan uzoq vaqt davomida kontaktda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. ●Urug‘larning bir partiyasi bilan ish tugagach, barcha idishlar va ish qurollarini formalinning3%-li eritmasi yoki boshqa biror fungitsid bilan zararsizlantirish. ● Urug‘ saqlanadigan xonalarni ularga urug‘larni saqlashga qo‘yishdan oldin oltingugurt (30 g/m 3 )tutatib zararsizlantirish. ● Urug‘ saqlanadigan xonalarda harorat 0 o S...+4 o S va havo namligi 65-70% orasida bo‘lishini ta’minlash. Xonalarni vaqti-vaqti bilan shamollatib turish. YAщik va jovonlarda saqlanayotgan urug‘larni vaqti-vaqti bilan aralashtirib turish. ● Agar ayrim urug‘larda mog‘or paydo bo‘lsa, urug‘larni sodaning3%-li eritmasi bilan yuvib olish, quritish, xonani shamollatish va xonada tavsiya qilingan qulay harorat va havo namligini ta’minlash. ● Ekishdan oldin urug‘larni Fusarium, Alternaria, Botrytis va boshqa patogen zamburug‘lar bilan zararlanish darajalarini fitopatologik tahlil yordamida aniqlash va urug‘larga albatta biror fungitsid bilan ishlov berish lozim. Download 227.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling