Piyozboshlari va tuganakpiyozlarning quruq chirishi
Kasallikni fakultativ parazit, askomitset Sclerotinia gladioli qo‘zg‘atadi. Gulisumbul (keng
tarqalgan), piyozgul, lolaning piyozboshlari, ilongul va freziyaning tuganakpiyozlari zararlanadi,
ayniqsa gulisumbulda (giatsintda) ko‘p uchraydi. Zararlangan piyozboshi va tuganakpiyozlar
saqlash davrida mumiyolanib, qotib qoladi va unuvchanligini yo‘qotadi, ularning ustida
zamburug‘ning sklerotsiylari hosil bo‘ladi. Sklerotsiylar o‘suv davrida ham zararlangan barglar,
piyozboshlari va tuganakpiyozlarda hosil bo‘ladi va tuproqqa tushib, unda ko‘p yillar davomida
saqlanadi.
Ildiz, ildiz bo‘g‘zi va poyaning pastki qismlarining rak kasalligi
Kasallikni
Agrobacterium
tumefaciens
bakteriyasi
qo‘zg‘atadi. Kartoshkagulning
tuganaklari, ilongulning tuganakpiyozlari, sallagul va gulisafsarning ildizpoyalari, atirgul, ko‘p
daraxtlar va butalarning ildizlari zararlanadi. Zararlangan organlarda shishlar hosil bo‘ladi.
Kasallik haqida batafsil ma’lumotlar oldingi ma’ruzalarda keltirilgan.
Maysa va ko‘chatlar yotib qolishi, qora son, rizoktonioz Kasallikni Anamorf
zamburug‘larning Agonomitsetes sinfiga (eski Steril mitseliylar guruhiga) mansub bo‘lgan
fakultativnыe parazit – Rhizoctonia solani va oomitset zamburug‘lar – Pythium debaryanum va
Phytophthora cactorum qo‘zg‘atadi. Gulli o‘simliklar maysalik davridan to etilgunigacha
Fusarium, Alternaria va Botrytis turkumlariga mansub zamburug‘ turlari bilan ham zararlanadi.
Begoniya, chinnigul, binafsha, siklamen (Alp binafshasi), tamaki, no‘xatgul (goroshek
dushistыy), qo‘qongul (astra), shabbo‘y (levkoy) va boshqalarning urug‘pallalari va yosh
maysalari zararlanadi. Zararlangan urug‘palla qo‘ng‘ir tusga kirib, chirib ketadi, maysalarning
ildiz bo‘g‘zi ingichkalashib, ular yotib qoladi, ildiz bo‘g‘zida sernam ob-havoda yoki
laboratoriyada nam kamerada g‘ubor hosil bo‘ladi. Kasallik issiqxonalarda ko‘p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |