Tutar Ukraina mojarosi Moskva va Kiyev oʻrtasidagi toʻqnashuv emas, balki AQSH va yangi, koʻp qutbli dunyo oʻrtasidagi kurash ekanini taʼkidladi.
TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Amerika Qoʻshma Shtatlari Ukraina yordamida Rossiyaga zarar yetkazadigan holatda emas. Bu haqda Turkiyaning “Sabah” gazetasi sharhlovchisi Berjan Tutar yozmoqda.
“Amerika Qoʻshma Shtatlari Ukraina qoni, hayoti, hududi, geografiyasi, fojiasi orqali Rossiyani jilovlamoqchi. Axir oʻsha AQSH geosiyosiy maqsadlarga erishish uchun dunyoga terror balosini qulatishdan tortinmadi”, - deydi jurnalist.
Uning yozishicha, Oq uyning mohiyati Rossiya va uning doʻst mamlakatlarini bir-biriga qarama-qarshi qoʻyishdan iborat boʻlgan “arzon taktikasi” endi natija bera olmayapti.
U, shuningdek, AQSH ittifoqchilari ularning faoliyatidan ehtiyot boʻlayotganini, chunki Vashington Yevropa davlatlariga Ukraina mojarosini oʻz foydasiga choʻzish uchun bosim oʻtkazayotganini taʼkidladi.
Tutar Ukraina mojarosi Moskva va Kiyev oʻrtasidagi toʻqnashuv emas, balki AQSH va yangi, koʻp qutbli dunyo oʻrtasidagi kurash ekani toʻgʻrisidagi xulosaga kelgan.
Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan soʻng Gʻarb Moskvaga nisbatan sanktsiya bosimini kuchaytirdi, bu esa Yevropa va AQShda elektr energiyasi, yoqilgʻi va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati Gʻarb uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va cheklovlar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, AQSH va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Agar kimdir “butun dunyo hamjamiyati” Rossiyaga qarshi deb va faqat NATOni “jahon hamjamiyati” deb hisoblasa, buni jahon urushi deb hisoblayversin, dedi Qodirov.
TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ekspertlarning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyani jahon urushi deb ataganiga qoʻshilmasligini maʼlum qildi.
“Men Rossiyaning Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasiga jahon mojarosi maqomini yuklamoqchi boʻlgan turli ekspertlarning suhbatlarini nooʻrin deb atadim. Butun dunyo NATO va uning bir qismi boʻlgan bir guruh davlatlar boʻyicha kelishib olgani yoʻq. Koʻpchilik yirik davlatlar, jumladan, Xitoy, Hindiston, Pokiston va milliardlab aholisi boʻlgan boshqa oʻnlab davlatlar betaraflikni saqlab qolmoqda”, - deb yozdi Qodirov oʻzining Telegram kanalida.
Uning taʼkidlashicha, dunyo hali uchinchi jahon urushidan uzoqda.
“Agar kimdir “butun dunyo hamjamiyati” Rossiyaga qarshi deb va faqat NATOni “jahon hamjamiyati” deb hisoblasa, buni jahon urushi deb hisoblayversin”, - dedi u.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya oʻtkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |