Makro-atrof muhit
Marketing bo’yicha menejer
Atrof muhit
Marketing axborot tiziming alohida bo’limlari
Marketing boshqarish
Tahlil qilish
Rejalashtirish
Amalga oshirish
Nazorat qilish
Marke-ting tadqi-qotlari tizmi
Marketing tasnifi.
Bozorning maqsadi
Bozor kanallari
Raqobat
Jamoatchilik
Tashqi kuchlar
8-rasm. Marketing axborot tizimi.
Quyida MATning har bir tizimchasiga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Ichki hisobot tizimi.
Mazkur tizimning asosini buyurtmalar, transportirovka qilish, schyotlarni to‘plash bilan bog‘liq hujjatlar yig‘indisi tashkil qiladi. Albatta, marketing bilan shug‘ullanuvchi firmaning har bir bo‘limi kerakli hujjatlarning nusxasiga ega bo‘lishi kerak. Ularning vazifasi bu ma’lumotlarni tez va aniq qayta ishlashdir. Shu maqsadda kompyuterlar keng ishlatiladi. Masalan, Yaponiya firmalarida kompyuterlardan unumli foydalanilganligi uchun buyurtmalar qabul qilish va uni bajarish oralig‘idagi vaqt 62 soatdan 32 soatga qisqargan.
Boshqa bir muammo tovarlar sotilishi to‘g‘risida, ularning sotilish joyidan axborotlar olish va qayta ishlashdir. Raqobat sharoitida xaridorlar bozoridagi baholar, taqsimotning yangi kanallari to‘g‘risida o‘z vaqtida qarorlar qabul qilish ham o‘ta muhimdir. Masalan, Yaponiyaning TOYOTA kompaniyasida joylardan tovarlar sotilishi haqidaga hisobotlar har kuni yig‘iladi. Barcha hududlar, mintaqalar va tumanlardagi sotish bo‘yicha boshqaruvchilar o‘z ish kunlarini o‘tgan kungi buyurtmalar va jo‘natilgan tovarlar haqida hisoboti teletayp orqali jo‘natishdan boshlaydilar. DAEWOO firmasi ham xaridor va boshqa manbalardan turli so‘rovlar uyushtirish orqali raqobatchilarning tovarlarini sotilishi to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ishga katta e’tibor beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |