O’ylang! Nima uchun kapalak va tillaqo’ng’izlarni gulzorga uchurib yubordi?
Lug`at ishi: zaxmsiz — ozorsiz, jarohatsiz.
146– mashq. Nuqtalar o’rniga mos kelishik qo’shimchasini qo’yib o’qing.
Bir kuni Odiljonning dadasi uch-to’rt tup gul ko’chatini ko’tarib keldi. –Qani o’g’lim,qarashib yuboring, ko’chatlarni ekamiz,-dedi dadasi. –Xo’p bo’ladi,-javob berdi Odiljon.
Odiljon suyunib ketdi. Dadasi chuqurcha qazidi. Odiljon suv quyib turdi. Har bir chuqurchaga gul ko’chatini qo’yib, ustidan tuproqni tortdi.
Odiljon hovlida o’ynab yurib, ko’chatlarni barg yozganini ko’rib qoldi.U o’z ishidan quvonib ketdi.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
V Baholash.
Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. 147- mashq.
19 Mavzu. 5-Nazorat ishi. Bayon
Sana___
Maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlarini yozma bayon qilish malakasini shakllantirish.
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni yozma qayta bayon qilish malakalarini rivojlantirish.
FK1 o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
Tarbiyaviy: Xalqimiz o’tmishiga, ajdodlarimiz yaratgan merosga hurmat ruhida tarbiyalash. TK4 maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar, hashar va h. k. ishtirok etish va muomala madaniyatiga (kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga) amal qilish; oilada o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglash.
Rivojlantiruvchi: Har bir o’rtog’ining bildirayotgan fikrini rag’batlantirib borishga o’rgatish. TK3 o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |