IV Yangi mavzuni mustahkamlash Topshiriq doskada bajariladi. O`quvchilarning doskadagi yozuvini nazorat qilish.
1. Shirin so’z shakardan shirin. 2. yetti o’lchab bir kes! 3. Nonni katta tishlasang ham, gapni katta gapirma. 4. Odobli bola - elga manzur.
Yozganingizni tekshiring. Sanoqni bildirgan so’zlarni so’roqlar yordamida aniqlang.
V Baholash.
Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. 99 - mashq.
2 Mavzu: OT — SO‘Z TURKUMI 100 - 102 - mashqlar.
Sana_____
Maqsad: DTS talablariga asosida bilim berish. So’z turkumlari haqidagi bilimlarini boyitish..
Ta’limiy maqsad: O’quvchilarni ot so’z turkumi haqidagi bilimlarini boyitish. FK1 ot so‘z turkumini, ot va otning egalik va kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini biladi, ijodiy matnning mantiqiy izchilligiga rioya qilgan holda va xatboshi, imlo hamda husnixat qoidalariga amal qilib yoza oladi, rasm asosida ijodiy matn yarata oladi
Tarbiyaviy: O’quvchilarni muomala madaniyatiga o’rgatish. TK4 maktabda va maktabdan tashqari tadbirlarda (ko‘rik-tanlovlar, hashar va h. k. ishtirok etish va muomala madaniyatiga (kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo‘lish kabi sifatlarga) amal qilish; oilada o‘z o‘rnini hamda vazifalarini anglash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni so’z boyligini oshirish. TK3 o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish.
Dars turi: Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Me’todi: Noan’anviy, mustaqil ish, guruhlarda ishlash.
Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Yil fasllari ” mavzusida suhbat o’tkazish.
c) ingliz tili daqiqasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |