I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Buyuk bobolarimiz ” mavzusida suhbat o’tkazish.
c) ingliz tili daqiqasi; melon – qovun, knife – pichoq.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
. Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish. Egalik qo’shimchalarini yoddan so’rash.
III Yangi mavzu bayoni 112– mashq. O’qing. Egalik qo’shimchalarini olgan otlarni aniqlang, o’zagini belgilab, uning qaysi tovush bilan tugaganini ayting.
O’zak va qo’shimchalarni tegishlicha belgilang.
112 – mashq. Matnni o’qing. Egalik qo’shimchalarining shaxs – sonini ayting.
Ko’chiring. Egalik qo’shimchasi undoshdan so’ng
qo’shilgan otlarning tagiga bir, unlidan so’ng qo’-
shilgan otlarning tagiga ikki chiziq chizing.
Undosh tovush bilan tugagan otlarga egalik qo’shim-
chalari qanday shaklda qo’shiladi? Unli tovush bilan tugagan so’zlarga – chi?
113- mashq. Ko’chiring. Egalik qo’shimchasini olgan otlarni aniqlang va qo’shimchalarni tegishlicha belgilang.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
Didaktik o’yin:Guruhlarga topshiriq beriladi. 1- guruh; I shaxsda so’zlarni yozadilar..
2 – guruh; II shaxsda so’zlarni tuzadilar. 3- guruh; III shaxsda so’zlarni tuzadilar. So’zlarni tahlil etish.
O’ylang! Egalik qo’shimchasi qaysi tovush bilan tugagan otlarga qo’shilganini ayting.
V Baholash
Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa. 114-mashq. “Ona tilim – jo-u dilim” mavzusida 4-5 gapli matn tuzib yozing. Tuzgan mtningizdagi egalik qo`shimchalarini ko`rsating.
7 Mavzu: Egalik qo‘shimchalarining unli va undoshdan keyin qo‘shiladigan shakllari
Sana____________ 115 – 117- mashqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |