Maqsad: DTS talablariga asosida bilim berish.Ot so’z turkumi haqidagi bilimlarini boyitish..
Ta’limiy : O’quvchilarga otlarning egalik qo’shimchalari bilan qo’llanishi haqida bilim berish.
FK2 o‘zbek tilida nutq tovushlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi,
Tarbiyaviy: O’quvchilarni sportga muhabbat ruhida tarbiyalash. TK3 mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish; kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish;
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni muomala madaniyatini rivojlantirish. TK3 o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunish, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish.
Dars turi: Yangi bilim berish o’tgan mavzuni mustahkamlash..
Me’todi: Noan’anviy, aqliy hujum, guruhlarda ishlash. Jihozi: darslik, ko’rgazma,tarqatma
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish , davomot aniqlash, tozalikni tekshirish.
b) Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish “ Yong’in xavfsizligi ” mavzusida suhbat o’tkazish.
c) ingliz tili daqiqasi; match – gugurt, fire - olov.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish. Egalik qo’shimchalarini yoddan so’rash.
III Yangi mavzu bayoni
O’qituvchi darsni 109– mashqni bajarishdan boshlaydi . O’quvchilardan egalik qo’shimchalari haqida o’rganganlarini savollar haqida bilib oladi. Yangi ma’lumotlar beriladi.
109 – mashq. Nuqtalar o‘rniga zarur egalik qo‘shimchalarini qo‘yib ko‘chiring.
Bizning bobolarimiz kimlar bo‘lgan? Ular qanday zotlar bo‘lgan? Bizning bobolarimiz yulduzlar sirini topgan Mirzo Ulug‘bek bo‘lgan. Jahon matematika faniga asos solgan al-Xorazmiy bo‘lgan. Dunyo xalqlarining boshini qovushtirgan buyuk Amir Temur bo‘lgan. Biz yosh avlod ota-bobolarimizga munosib bo‘lib yetishsak, ismi jismiga munosib bo‘libdi, degan nom olamiz. (Shukrullodan)
Egalik qo’shimchasini olgan otlarni aniqlang va qo’shimchalarni tegishlicha belgilang. Shaxsini qavs ichida ko’rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |