II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifani tekshirib baholash . Tarqatmalar yordamida oquvchilarni darsga jalb etish.
III Yangi mavzu bayoni O’qituvchi darsni turli xil so’zlarni aytib, ularning ichidan kim? nima? qayer? So’roqlariga javob bo’ladiganlariga e’tiborni qaratadi. Ularni uch guruhga bo’ladi.
1. Shaxs otlari 2. Narsa buyum otlari. 3. O’rin joy otlari otlarning shaxs, narsa buyum, o’rin – joy nomoni bildirishini, kim? nima? qayer? So’roqlariga javob bo’lishini ta’kidlaydi.
Mashqlarni bajarish orqali ot haqidagi bilimlarini boyitish.
100– mashq. O’qing. Hikoyat kim va nima haqida ekanini ayting.
Sulton Ulug‘bek navbatdagi safardan Samarqandga qaytayotgan ekan. Ko‘chaning o‘rtasida yotgan bir burda nonni ko‘rib qolibdi. Shoshib otdan tushibdi. Nonni qo‘liga olibdi. Uni o‘pib, peshanasiga surtibdi. Nonning nomi ulug‘, nomidan o‘zi ulug‘. (Hikoyatdan)
Shaxs va narsalarning nomini bildirgan so’zlarni ko’chiring. Otlarning gapdagi vazifasini aniqlang.
O’quvchilar yozuvini nazorat qilish. Husnixat bilan yozgan o’quvchini rag’batlantirish.
Shaxs nomini bildirgan so`zlar: Sulton Ulug`bek,
Narsa nomini bildirgan so`zlar: non, ot,qo`lpeshona.
Joy nomini bildirgan so`zlar: Samarqand, ko`cha..
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
101 - mashq. O’qing. Matn nima haqida yozilgan?
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari juda qadim zamonlardan dunyoga mashhur bo‘lgan. Olis asrlarda bu shaharlar Xitoydan Ispaniyagacha, Yevropadan Hind okeanigacha aloqa bog‘lagan. (Islom Karimov)
Bosh harf bilan yozilgan so’zlarni ko’chiring. Ularning nima uchun bosh harf bilan yozilganini ayting.
Topshiriq: Kim? Nima? Qayer? So`rog`iga javob bo`ladigan so`zlar yozing.
Taqdimot: O`quvchilar yozgan so`zlarini o`qiydilar. Ko`p so`z yozgan o`quvchi g`olib bo`ladi.
V Baholash. Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |