Mavzu: mashqlar


Download 1.98 Mb.
bet32/35
Sana17.01.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1096691
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
4-sinfOna tili II chorak

I.Tashkiliy qism.
Davomatni aniqlash.
Navbatchi axboroti.
Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Uy vazifasini so`rash va baholash. Savol va topshiriqlar:
-Otlarning ma’nosiga ko‘ra turlarini ayting.
-Qanday otlarni bosh harf bilan yozasiz?
- Otlar qaysi qo‘shimchalar bilan qo‘llanadi?
- Egalik qo‘shimchalari qanday ma’no bildiradi va qanday vazifani bajaradi?
III.Yangi mavzu bayoni.Maqol aytish musobaqasi uyushturiladi.Unda chiqish kelishigidagi so`zlar ishtirok etishi kerak bo`ladi.Darslik bilan ishlash. 163-mashq. Maqollami o'qing. So'roqlar yordamida chiqish kelishigidagi otiarni topib, o'zi bog'langan so'z bilan birga ko'chiring.
1. Shirin so'z boldan shirin. 2. Kitobdan yaxshi do'st yo'q. 3. Yurtidan ayrilganni yov chopar. 4. O'z mehnatidan non yegan kishi, Hotam minnatidan ozod yoz-qishin. 5. Olamdan g'amsiz o'tay desang, ilm-u hunar o'rgan.
Boldan shirin, kitobdan yaxshi, yurtidan ayrilganni, mehnatidan kishi, olamdan g`amsiz.
Otlardagi chiqish kelishigi qo'shimchasini tegishlicha belgilang.
IV.Mustahkamlash. 164 – mashq. O`qing. Matnni to`liq qayta hikoyalang.



V.Baholash.Darsdagi ishtiroklariga ko`ra baholanadilar.
VI. Uyga vazifa.165 -mashq
Sana______________________________ 26 Mavzu: Chiqish kelishigini mustahkamlash.166-168-mashqlar
Maqsad: Ta`limiy:Otlarning kelishiklar bilan qo`llanilishi yuzasidan bilim berish Tarbiyaviy: O`quvchilarda insoniy sifatlarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi:O'quvchilarning yozma va og`zaki nutqini o'stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK2 axborot manbalaridan va darslik materiallaridan tashqari (kitob, lug‘at) manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish va foydalanish; TK3 mustaqil o‘qib-o‘rganish va bilimini muntazam oshirib borish;
TK5 maktabning ichki va tashqi qoidalariga rioya qilish; yaxshi va yomon odatlarni bir-biridan farqlay olish; FK1: o‘qilgan matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglab, ifodalay oladi, og‘zaki nutqda so‘z va gaplar ohangiga rioya qila oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni og‘zaki nutqda qo‘llay oladi; FK 2; mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi, nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Darsning turi:umumlashtiruvchi,yangi bilim beruvchi
Darsning metodi: savol-javob,amaliy,mustaqil ish metod.
Darsning jihozi: rasm va jadvallar.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling