Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Geografik qobiqning bir butunligi


Download 1.14 Mb.
bet11/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Geografik qobiqning bir butunligi. Bir butunlik barcha tabiiy-hududiy komplekslarga taalluqli. Hududiy komplekslar katta yoki kichik bo‘lishidan qat'iy nazar uch holatdagi (qattiq, suyuq, gazsimon) moddalarning aylanma harakati ularning bir butunligini ta'minlaydi va uzluksiz rivojlantiradi. Geografik qobiqning har bir komponenti – relyef, iqlim, suv, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosi o‘z qonuniyatlari asosida rivojlanadi va shakllanadi.
Geografik qobiqda modda almashinuvi. Geografik qobiqning to‘rtta strukturasida, ya'ni atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferalarda modda va energiya almashinuvi ikkita – gorizontal va vertikal yo‘nalishda kuzatiladi. Atmosfera va Dunyo okeanidagi suvning harakatida va litosferadagi vulqonlar harakatida moddalarning ham gorizontal, ham vertikal almashinuvi bo‘ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyaning almashinuviga Yerning ichki energiyasi va Quyosh energiyasi hamda gravitatsiya kuchi ta'sir etadi.
Geografik qobiqdagi ritmiklik. Tabiatda vaqt o‘tishi bilan bir xil hodisalarning takrorlanib turishi ritmiklik deb ataladi. Yerning o‘z o‘qi va Quyosh atrofida bir marta to‘liq aylanishi sutkalik, yillik yoki fasliy ritmlarga sabab bo‘ladi. Natijada kun bilan tun, yil fasllarining almashinishi sodir bo‘ladi. Bularga haroratning, shamolning, yog‘inlarning, suv oqimining, organizmlarning sutkalik va yillik o‘zgarishi misoldir.
Geografik zonallik. Geografik komponentlar va tabiat komplekslarining ekvatordan qutblar tomon, tog‘larda balandlik tomon qonuniy ravishda o‘zgarib borishiga zonallik deyiladi. Dunyoning har bir tabiat zonasi geografik qobiqning takrorlanmas xususiyatlarini namoyon qiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Zinapoya o’yini
Bu o’yinda 2 o’quvchi chiqib berilgan savollarga bir boshdan javob bera boshlaydi va zinalardan yuqoriga qarab harakatlanadi. Kim birinchi piramidaga chiqsa, g’olib hisoblanadi.





















3. Bir butunlik




3. Moddalar almashinuvi










2. Antropogen




2. Ritmiklik







1. Nobiogen




1. Biogen





Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling