Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet8/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 13 - 16 - bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish. Mazu yuzasidan test tuzish. Yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Mavzu: Geografik qobiqning rivojlanishi bosqichlari va umumiy qonuniyatlari
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga geografik qobiqning rivojlanish qonuniyatlari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga estetik va axloqiy tarbiya berish
v) O’quvchilarning xotirasini mustahkamlash, dunyoqarashini kengaytirish
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A2
maktab, mahallasida olib borilayotgan tadbirlarda maqsad yo‘lida faol ishtirok etish, muomala madaniyatga ega bo‘lish.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi:
A2
tabiiy, siyosiy, aholi, tektonik, iqlim, tabiat zonalari xaritalaridan manba sifatida foydalana oladi va yozuvsiz xarita bilan ishlay oladi
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1. Geografik qobiqning o’rtacha qalinligi qancha?
2. Geografik qobiq chegaralari haqida gapirib bering
3. Geografik qobiqning xususiyatlari degandani nimani tushunasiz?
4. Ozon pardasi qanday vazifani bajaradi?
Yangi mavzu bayoni:
Olimlar geografik qobiqning rivojlanishini uch bosqichga ajratishadi: nobiogen, biogen va antropogen. Nobiogen bosqich – Yer taraqqiyotining 4,6 mlrd yildan to 570 mln yilgacha o‘tgan davrini qamrab oladi. Bu bosqichda geografik qobiqning asosi tarkib topadi, ya'ni litosfera, atmosfera va gidrosfera shakllanadi. Yerda hayot 3,8-3,5 mlrd yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ular o‘ta oddiy organizmlardan tashkil topganligi uchun geografik qobiqning rivojlanishiga sezilarli ta'sir etmagan. Biogen bosqich – 570 mln yil muqaddam boshlangan. Bu davrda organizmlar taraqqiy etgan. Natijada biosfera shakllangan va geografik qobiqning mukammal tizimga ega bo‘lishiga kuchli ta'sir ko‘rsatgan. Antropogen bosqich inson paydo bo‘lgandan (3 mln yil avval) hozirgi kunga qadar o‘tgan davrni qamrab oladi. Ayni paytda geografik qobiqning rivojlanishiga insonning xo‘jalik faoliyati (texnika inqilobi, kosmik asr) sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatmoqda. Bular tabiatni muhofaza qilish, ekologik, demografik muammolar ni keltirib chiqardi. Shulardan biri o‘lkamizdagi Orolbo‘yi ekologik muammosidir.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling