Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet6/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Yangi mavzu bayoni:
Olimlar geografik qobiqning rivojlanishini uch bosqichga ajratishadi: nobiogen, biogen va antropogen. Nobiogen bosqich – Yer taraqqiyotining 4,6 mlrd yildan to 570 mln yilgacha o‘tgan davrini qamrab oladi. Bu bosqichda geografik qobiqning asosi tarkib topadi, ya'ni litosfera, atmosfera va gidrosfera shakllanadi. Yerda hayot 3,8-3,5 mlrd yil muqaddam paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, ular o‘ta oddiy organizmlardan tashkil topganligi uchun geografik qobiqning rivojlanishiga sezilarli ta'sir etmagan. Biogen bosqich – 570 mln yil muqaddam boshlangan. Bu davrda organizmlar taraqqiy etgan. Natijada biosfera shakllangan va geografik qobiqning mukammal tizimga ega bo‘lishiga kuchli ta'sir ko‘rsatgan. Antropogen bosqich inson paydo bo‘lgandan (3 mln yil avval) hozirgi kunga qadar o‘tgan davrni qamrab oladi. Ayni paytda geografik qobiqning rivojlanishiga insonning xo‘jalik faoliyati (texnika inqilobi, kosmik asr) sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatmoqda. Bular tabiatni muhofaza qilish, ekologik, demografik muammolar ni keltirib chiqardi. Shulardan biri o‘lkamizdagi Orolbo‘yi ekologik muammosidir.
Geografik qobiqning bir butunligi. Bir butunlik barcha tabiiy-hududiy komplekslarga taalluqli. Hududiy komplekslar katta yoki kichik bo‘lishidan qat'iy nazar uch holatdagi (qattiq, suyuq, gazsimon) moddalarning aylanma harakati ularning bir butunligini ta'minlaydi va uzluksiz rivojlantiradi. Geografik qobiqning har bir komponenti – relyef, iqlim, suv, tuproq, o‘simlik, hayvonot dunyosi o‘z qonuniyatlari asosida rivojlanadi va shakllanadi.
Geografik qobiqda modda almashinuvi. Geografik qobiqning to‘rtta strukturasida, ya'ni atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferalarda modda va energiya almashinuvi ikkita – gorizontal va vertikal yo‘nalishda kuzatiladi. Atmosfera va Dunyo okeanidagi suvning harakatida va litosferadagi vulqonlar harakatida moddalarning ham gorizontal, ham vertikal almashinuvi bo‘ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyaning almashinuviga Yerning ichki energiyasi va Quyosh energiyasi hamda gravitatsiya kuchi ta'sir etadi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling