Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


A2+ xarita va atlaslardan foydalanib, materiklar, davlatlarga tavsif bera oladi. Dars turi


Download 1.14 Mb.
bet4/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

A2+
xarita va atlaslardan foydalanib, materiklar, davlatlarga tavsif bera oladi.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1. Yer yuzida nechta materik va qit’a bor?
2. Okenalar nechta?
3. Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi nimalarni o’rganadi?
4. Qirg’oq chizig’i nima?
Yangi mavzu bayoni:
Geografik xaritalar g‘oyat ko‘p va xilma-xildir. Xaritalar – o‘rganish, hisobga olish, saqlash va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Xaritalar to‘rtta asosiy belgisiga ko‘ra, ya'ni xaritada tasvirlangan hududning katta-kichikligiga, masshtabiga, mazmuniga va ko‘zda tutilgan maqsadiga qarab guruhlarga ajratiladi. Masshtabiga ko‘ra: yirik masshtabli (1:10 000 dan 1:200 000 gacha), o‘rta masshtabli (1:200 000 dan 1:1 000 000 gacha), mayda masshtabli (1:1 000 000 va undan mayda) xaritalar bo‘ladi. Joy planini tuzishda ham muayyan masshtabdan (1:5 000) foydalaniladi. Lekin plan kichik hududlar uchun tuziladi. Mazmuniga ko‘ra xaritalar umumgeografik va mavzuli xaritalarga bo‘linadi. Umumgeografik xaritalarda geografik landshaftning tashqi ko‘rinishi tasvirlanadi. Ularda relyef, suvlar, o‘simlik, aholi punktlari, yo‘llar, chegaralar va boshqalar bir xil aniqlikda va mukammallikda ko‘rsatiladi. Geografik xaritalar umumgeografik xaritalardir. Mavzuli tabiiy xaritalarda geografik landshaftning ayrim elementlari boshqa elementlariga nisbatan aniq va mukammal tasvirlanadi. Bunday xaritalarga VI sinf atlasidagi yer qobig‘ining tuzilishi, tabiat zonalari, iqlimi va boshqa xaritalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ba'zan mavzuli xaritalarda bitta yoki ikkita emas, balki bir-biri bilan bog‘langan bir qancha komponentlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday xaritalarga kompleks xaritalar deyiladi. Materiklarning ana shunday xaritalari, masalan, VI sinf atlasida berilgan. Xaritalarning maqsadi ularning masshtabiga, mazmuniga va jihozlash usuliga katta ta'sir ko‘rsatadi. Buni bitta hududni bir xil masshtabli va mazmunli, lekin har xil maqsadli xaritalarini bir-biriga taqqoslab, yaqqol ko‘rish mumkin. Maqsadiga ko‘ra xaritalarni o‘quv, ilmiy, turistik, targ‘ibot-tashviqot kabi turlarga bo‘lish mumkin.Yagona dastur asosida bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarning sistemali to‘plamiga geografik atlas deb aytiladi.
Globus – Yer sharining kichraytirilgan modeli bo‘lib, Yerning tashqi qiyofasini hamda uning yirik qismlari (materiklar, okeanlar, ularning bo‘laklari) nisbatini eng to‘g‘ri va ko‘rgazmali tasvirlaydi. Yunon olimi Pifagor (eramizdan avvalgi VI asr) ning Yer shar shaklida degan fikriga asoslanib, yunonistonlik Krates (e. a. II asr) birinchi globusni yasagan. O‘rta Osiyoda birinchi bo‘lib Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yy.) Shimoliy yarimsharning globusini yasagan. Birinchi mukammalroq geografik globusni 1492 yilda Martin Bexaym yasagan. Lekin unda Amerika, Avstraliya va Antarktida tasvirlanmagan. Hoji Yusuf Hay'atiy 1886 yilda ishlagan globus Samarqanddagi madaniyat va san'at tarixi muzeyida saqlanmoqda. M. Ulug‘bek nomidagi O‘zMU geografiya fakultetida 1984 yilda H.Hasanov rahbarligida I.Y.Oshev yasagan ulkan «Relyefli globus» o‘rnatilgan.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling