Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Materikning katta qismi quruq tropik iqlim mintaqasida joylashganligidan daryolar oz


Download 1.14 Mb.
bet53/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Materikning katta qismi quruq tropik iqlim mintaqasida joylashganligidan daryolar oz. Avstraliyaning 60% maydoni oqmas ichki berk havzaga, 7% i Tinch okean va 33% i Hind okeani havzasiga qaraydi. Daryolarning quruq o‘zanlari kriklar deb ataladi. Bu daryolarda suv ahyon-ahyonda yog‘adigan yomg‘irlardan keyin paydo bo‘ladi va tez orada qurib qoladi. Yil bo‘yi sersuv bo‘lib oqadigan daryolar Avstraliyaning sharqiy qismida mavjud. Daryolar yomg‘irdan va yer osti suvlaridan to‘yinadi. Avstraliyaning eng katta daryo tizimi - Murrey va uning yirik irmog‘i Darlingdan iborat. Avstraliyada kichik oqmas ko‘llar ko‘p. Ular juda sho‘rlangan. Ko‘llar ichida eng yirigi Eyr ko‘li, uning maydoni suv bilan to‘lgan paytda 15 ming kv. km ga yetadi. Eyr okean sathidan 16 m pastda joylashgan. Materikning cho‘l va chalacho‘l zonalarida yer osti suvlarining zaxirasi ko‘p. Ularning ahamiyati katta.
Avstraliya maydoniga ko‘ra qiyoslansa, cho‘l zonasi egallagan hududlar bo‘yicha birinchi, o‘rmonlar maydoniga ko‘ra oxirgi o‘rinni egallaydi. Materikda quyidagi tabiat zonalari tarkib topgan. Nam ekvatorial o‘rmonlar materikning shimoli-sharqiy sohillarini egallaydi. Daraxtlardan palma, lavr, daraxtsimon paporotniklar, evkaliptlar ko‘p uchraydi. Tropik o‘rmonlarda xaltali ayiq - koala, lirodum, kenguru, xaltali iblis, o‘rdakhurun, yexidna, rang-barang to‘tilar, qushlar yashaydi. Savannalar materikning shimoliy, sharqiy qismlarida katta maydonlarni egallaydi. Savannalarda siyrak o‘rmonlar (evkalipt, akatsiya, kazuara, butilkasimon daraxtlar), o‘t hamda buta o‘simliklar mavjud. Bu zonada kenguru, vombatlar (xaltali kemiruvchilar), xaltali chumolixo‘r, suv havzalarida qushlar ko‘p.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
X” va “O” o’yini
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.


Uyga vazifa: 71 - 73 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.

Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”





Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling