Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet61/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt


Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash


O’tilgan mavzuni so’rash:
Bu raqamlar sizga nimani eslatmoqda?
1) 52,5 mln km kv
2) 14 mln km kv
3) 12 ta
4) 1820 yil 16 yanvar
5) 4500 m
6) 2555 m
7) 5140 m
8) 3794 m
Yangi mavzu bayoni:
Materikning geografik o‘rni va muz-qor bilan qoplanganligi o‘ziga xos iqlim xususiyatlarini keltirib chiqargan. Materik ichkarisida sovuq va quruq antarktida havo massalari (antisiklon) shakllanadi. Natijada yuqori havo bosimi ta'sirida shimolga yo‘nalishdagi kuchli shamollar okean tomonga esadi. «Shamollar oqimi» nomini olgan bunday shamollar 600-800 km kenglikdagi hududda esadi, tezligi esa bir soniyada 30-35 m, ba'zan 90 m gacha yetadi. Qorli bo‘ronlari tez-tez takrorlanib turadi. Ba'zi joylarda bir yilda 340 kun bo‘ronli bo‘lishi aniqlangan. Qish oylarida (aprel-sentabr) havoning o‘rtacha harorati -60°C, ko‘pincha -70-80°C dan past bo‘ladi. Rossiyaning «Vostok» ilmiy stansiyasida havo harorati -89,2°C ga pasayganligi kuzatilgan. Shuning uchun bu yerga sayyoramizning «sovuqlik qutbi» deb nom berilgan. Yoz oylarida (oktabr-mart) muz-qor quyosh energiyasining 80% dan ko‘prog‘ini qaytaradi.Antarktida hududida ikkita iqlim mintaqasini ajratish mumkin: antarktika va subantarktika. Antarktika iqlim mintaqasida materik to‘liq joylashgan bo‘lsa, subantarktika iqlim mintaqasi orollar va qisman Antarktida yarimorolini egallaydi. Materikda chuchuk suvlarning 80% zaxirasi muz holatda to‘plangan.
Organik dunyosi.
Materikning muz-qorlar bilan qoplangan ichki qismlarida organizmlar yo‘q hisobi. Lekin materikka tutash okean suvlarida hayvonot olami nisbatan ko‘p. Bu sohil zonasida plankton va kril (mayda baliq)larni iste'mol qiladigan ko‘k kitlar, tulenlar, dengiz qoploni, janubiy dengiz mushugi, dengiz sheri va ko‘plab pingvinlar yashaydi. Bu yerda pingvinlarning 17 turi tarqalgan. Ayniqsa, go‘zal imperator (bo‘yi 1 m atrofida, og‘irligi 50 kg gacha) va kichikroq adeli pingvinlari ko‘p. Pingvinlar suvda yaxshi suzadi, baliqlar, mollyuskalar va qisqichbaqalar bilan oziqlanadi.



Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling