Mavzu: Antarktida geografik o’rni, o’rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Antarktida geografik o’rni, o’rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari va relyefi haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarga axloqiy va mehnat tarbiyasini berish, nafosat tuyg’usini shakllantirish
v) O’quvchilarning Antarktida haqidagi tushunchalarini shakllantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
A2+
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi:
materiklardagi ayrim geografik joy nomlarini toponimini ayta oladi.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
Zinapoya o’yini
Bu o’yinda 2 o’quvchi chiqib berilgan savollarga bir boshdan javob bera boshlaydi va zinalardan yuqoriga qarab harakatlanadi. Kim birinchi piramidaga chiqsa, g’olib hisoblanadi.
|
|
|
|
|
|
|
4.Qazilma boyliklari?
|
|
4.Aholisi - ?
|
|
|
|
3.Polineziya - ?
|
|
3.Kimlar o’rgangan?
|
|
|
2. Melaneziya-?
|
|
2. Mikroneziya - ?
|
|
1.Okeaniya nima?
|
|
1.Okeaniya orollari nechta?
|
Yangi mavzu bayoni:
Doimiy muz bilan qoplangan yagona materik, eng sovuq, o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland (2040 m), Janubiy qutbda Quyoshning chiqishi va botishi bir yilda faqat bir marta kuzatiladi, Yer yuzidagi eng kuchli shamol shu yerga xos, chuchuk suv zaxirasi bo‘yicha (80%) yagona materik, o‘simlik va hayvonot olamiga eng kambag‘al, muzsiz zaminning cho‘kmasi bo‘yicha birinchi o‘rinda (-2555 m), yagona yirik yarimoroli bor, Yer yuzasining «sovuqlik qutbi» («Vostok» stansiyasi, -89,2°C) va «magnit qutbi» shu yerda, bironta mamlakatga tegishli bo‘lmagan va tinchlik hamda ilmiy maqsadlarda foydalaniladigan yagona materik.
Geografik o‘rni va o‘rganish tarixi.Antarktida yunoncha «anti» - qarama-qarshi, teskari, «arktika» - shimoliy, ya'ni Arktikaning teskari tomoni degan ma'noni anglatadi. Antarktika - muzli qit'a, uning maydoni 52,5 mln km2. Antarktida - yaxlit muzli materik bo‘lib, maydoni 14 mln km2.
Antarktida Janubiy qutbiy doirada, boshqa materiklardan juda uzoqda joylashgan yagona materik. Materikka tutashib turgan 12 ta chetki dengizlari bor. Antarktida boshqa materiklarga nisbatan eng keyin kashf etilgan. Bunga sabab dengiz suvlarining uzoq muddat muzlashi, aysberglarning ko‘pligi, boshqa materiklardan uzoqligidir. Antarktidani 1820 yilning 16 yanvar kuni rossiyalik dengizchilar F.Bellinsgauzen va M.Lazarevlar kashf etishdi. Norvegiyalik R.Amundsen 1911 yilning 14 dekabr kuni birinchi bo‘lib, undan bir oycha keyin ingliz R.Skott ikkinchi bo‘lib qutbga bordi. Hozir Janubiy qutbda Amundsen-Skott nomi bilan ataladigan ilmiy stansiya (AQSh) ishlab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |