O‘simliklar va hayvonot dunyosi.Orollarning asosiy qismi doimiy yashil nam o‘rmonlar va savannalar bilan qoplangan. Daraxtlardan qimmatlisi kokos va sago palmalari, kauchukli daraxt, banan, iii va qovun daraxtlari, mango, shakarqamish, Yangi Zelandiyada daraxtsimon paporotniklar, kauri tilog‘ochi, karam daraxti, zig‘ir va boshqa endemiklar o‘sadi. Tog‘larning shamolga ro‘para bo‘lgan yonbag‘irlarida, tekisliklarda qalin o‘rmonlar bo‘lsa, teskari tomonida savannalar hosil bo‘lgan. Hayvonot olami o‘ziga xos. Yangi Gvineya va unga yaqin orollarda kazuar tovug‘i (emu oilasiga mansub), Yangi Zelandiyada bo‘yi 3 m keladigan moa tovug‘i, uch ko‘zli kaltakesak, kivi tovug‘i, barcha orollarda dengiz qushlari juda ko‘p (albatros, bo‘ron qushi, baliqchi gush). Orollarga keltirilgan kalamush, yovvoyilashgan mushuk, echki, quyon tabiatga juda katta zarar keltirmoqda.
Okeaniyada 11,4 mln aholi yashaydi (2001 y.). Yangi Zelandiyada tub joy aholisi maorlar jami aholining 9% ini tashkil etadi. Asosiy aholisi ingliz - yangi zelandiyaliklardan iborat. Yangi Zelandiya, Yangi Kaledoniya, Yangi Gvineya, Gavayi orollarida kelgindilar ko‘p. Bu yerda aholining ko‘pchiligi shaharlarda yashaydi. Boshqa orollarda qishloq aholisi ko‘pchilikni tashkil etadi. Mahalliy aholi kokos palmasi, banan, shakarqamish, ananas, kofe, kakao yetishtiradi. Baliqchilik, o‘rmonchilik, turistlarga xizmat ko‘rsatish, dengizdan dur olish, rangli metall rudalari, ko‘mir, neft qazib chiqarishda ishlashadi
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Krossvord
Началоформы
Конец формы
Начало формы
1.Janubiy materik?
2.Materikning eng sharqiy chekka nuqtasi?
3.Materik janubidagi orol?
4.Materikdagi yirik xaltali hayvon?
5.Avstraliyaning shimoliy chekka nuqtasi?
6.Avstraliyaning sersuv daryosi?
7.Yevropaliklardan Avstraliyaga birinchi kelgan sayyoh?
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 74 - 76 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Do'stlaringiz bilan baham: |