O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 74 - 76 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan
savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Mavzu: Okeaniya iqlimi, tabiat zonalari va aholisi
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Okeaniya va uning xususiyatlari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda
estetik didni shakllantirish, axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarning Okeaniya haqidagi
tushunchalarini shakllantirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A2
o‘rganilgan materik va okeanlarning geografik o‘rni va tabiiy sharoiti (Antarktida va Antarktika orasidagi farqi) haqidagi ma’lumotlarni tushunadi va tushuntira oladi. Qutbiy iqlim va qoplama muzliklarning
vujudga kelish sabablarini, qutbiy muz sahrolarining xususiyatlarini tushunadi va izohlay oladi. Daryolarning to‘yinishi iqlim bilan bog‘liqligini, materiklar ichki suvlarining havzalar bo‘yicha taqsimlanishini, tabiat
zonalarining vujudga kelishini, o‘simlik va hayvonlar, tuproq turlarining
geografik tarqalishini, qor chizig‘ining tabiiy geografik omillariga bog‘liqligini, aholining geografik joylashuvini, tabiiy geografik o‘lkalarning o‘ziga xos xususiyatlari va ularning vujudga kelish sabablarini tushunadi va tushuntira oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: