Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Avstraliya qit’asida qanday iqlim mintaqalari shakllangan?
2) Krik va skreb nima?
3) Afrika va Avstraliya tabiat zonalarining o’xshash va farqlari nimalardan iborat?
4) Xaltali hayvonlar haqida nimalarni bilasiz?
5) Daryo va ko’llari nomini ayting
Yangi mavzu bayoni:
Geografik o‘rni. Geograf olimlar Okeaniya tabiatining rang-barangligiga asoslanib, uni alohida qit‘a deb ajratishadi. Tinch okeanning markaziy va g‘arbiy qismlarida sochilib yotgan katta-kichik orollar Okeaniya deb ataladi. O‘zi egallagan maydonga nisbatan quruqlik atigi 2% ni tashkil etganligi uchun ham Okeaniya nomini olgan. Okeaniya o‘z tarkibiga 7 mingdan ortiq orollarni birlashtiradi. Orollarning umumiy maydoni atigi 1,3 mln km kv. Okeaniya hududi tabiiy-geografik va etnografik farqlariga asoslanib, uchta qismga bo‘linadi. 1. Melaneziya (yunoncha melos - qora, nesos - orol, ya'ni qora orollar). 2. Mikroneziya (yunoncha kichik orollar). 3. Polineziya (yunoncha ko‘p orollar). Okeaniya to‘g‘risidagi ma'lumotlar yevropaliklarga F.Magellan sayohatidan (1521 y.) keyin ma'lum bo‘lgan. J.Kuk (1771-1773) ko‘plab orollarni xaritaga tushirib tavsif bergan. XIX asrda ruslar 40 marotaba ekspeditsiya uyushtirgan.
Geologik tuzilishi va relyefi. Orollarni geologik tarixi va qanday jinslardan tuzilganligiga ko‘ra bir necha guruhlarga bo‘lish mumkin. Materik orollari (Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya), vulqonli orollar (Gavayi, Pasxa, Tuamotu), geosinklinal orollar (Mariana, Yangi Kaledoniya). Bulardan tashqari, Okeaniyada biogen (marjon, atoll, rif) orollar ko‘p uchraydi. Okeaniyaning eng baland nuqtasi Yangi Gvineya orolidagi Jaya cho‘qqisi (5030 m) hisoblanadi. Okeaniyadagi asosiy qazilma boyliklarga rangli metall rudalari, ko‘mir, fosforit, boksit, neft (Yangi Gvineya, Yangi Zelandiyada) va boshqalar tegishli.
Do'stlaringiz bilan baham: |