Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Janubiy Amerika iqlimi va ichki suvlari haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda estetik didni shakllantirish, axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarni mustaqil ishlash va izlanishga yo’naltirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
A2
geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish.
A2+
Internet-saytlardan ob-havo bashorati, mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarni topa olish va ularni tahlil qila bilish.
Dars turi: aralash
Dars metodi: og’zaki so’rov, suhbat
Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash: “Tez yurar poyezd”
1) Janubiy Amerikadagi eng qalin o’rmon-? (Amazoniya)
2) Shimoliy va Janubiy Amerika qaysi kanal orqali ajratiladi? (Panama)
3) Materikni g’arbdan qaysi okean suvlari yuvib turadi? (Tinch)
4) Materikni sharqda qaysi okean suvlari yuvib turadi? (Atlantika)
5) Nechanchi yilda materikka Amerika deb nom berilgan? (1507 yilda)
6) Eng yirik ko’li - ? (Marakaybo)
7) Eng yirik oroli - ? (Olovli Yer)
8) Janubiy Amerika maydoni qancha? (17,8)
9) Eng baland cho’qqisi-? (Akonkagua)
10) Eng past yeri - ? (Salinas – Chikas)
Yangi mavzu bayoni:
Janubiy Amerika iqlimining tarkib topishida Quyosh radiatsiyasi, Yer relyefi, havo massalari, okean oqimlari muhim rol o‘ynaydi. Materikning markaziy va shimoliy qismlari ekvatorial va tropik havo massalarining ta'sirida bo‘ladi. Janubiy qismlarida esa mo‘'tadil havo massalari hukmronlik qiladi. Ushbu havo massalari Janubiy Amerika iqlimining shakllanishida yetakchi omillardan hisoblanadi. Materik oltita iqlim mintaqasida joylashgan. Ular shimoldan janubga quyidagi tartibda almashinadi: subekvatorial (2 ta), ekvatorial, tropik, subtropik va mo‘'tadil. Tog‘larida balandlik iqlim mintaqalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |