Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Ekvatoriat iqlim mintaqasi Afrikadagidek juda sernam


Download 1.14 Mb.
bet66/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Ekvatoriat iqlim mintaqasi Afrikadagidek juda sernam. Yog‘inlar miqdori 3500 mm dan ko‘p. Yil davomida havo harorati 24-25°C atrofida. Subekvatorial iqlim mintaqasida ikkita fasl aniq ifodalanadi. Yozda yog‘in ko‘p yog‘adi (1000-2000 mm), o‘rtacha oylik harorat +25°C dan oshadi. Qishda bir necha oylab yog‘in yog‘maydi. Bu faslda havo harorati +20°C atrofida bo‘ladi.
Tropik mintaqaning sharqiy qismlari passat shamollarining ta'sirida bo‘ladi. Shuning uchun Braziliya yassitog‘ligining sharqiy qismlariga 1500-2000 mm atrofida yog‘in yog‘adi. Bu yerlarda yilning asosiy qismida havo nam va issiq bo‘ladi. Yanvarning o‘rtacha harorati +25°C, iyulda esa +17 +19°C ni tashkil etadi. Lekin g‘arbga tomon borgan sari havodagi namlik kamaya borib, And tog‘lariga yaqin joylarga 250-500 mm yog‘in tushadi.
Subtropik iqlim mintaqasi materikning 30° va 40° j.k. oralig‘idagi hududlarni egallaydi. Mintaqaning sharqida namgarchilik ko‘p (1000-2000 mm), yanvarda havo harorati +25°C, iyulda +10°C +15°C atrofida bo‘ladi. Materikning ichkarisi tomon namgarchilik kamayib boradi (500-300 mm). Tinch okean sohillarida sernam o‘rtadengiz iqlimi tarkib topgan.
Mo'tadil iqlim mintaqasi materikning janubiy qismini egallaydi. Tinch okean sohilida yil davomida ko‘p yog‘in yog‘adi (2000-3000 mm), qishi yumshoq, yozi salqin keladi. Mintaqaning sharqida mo‘'tadil-kontinental iqlim tarkib topgan bo‘lib, yog‘in 300-400 mm, qishi sovuq, qorli. Yozda Antarktida tomondan qorli bo‘ronlar esib turadi. And tog‘larida balandlik iqlim mintaqalari tarkib topgan.
Ichki suvlari. Janubiy Amerika eng sersuv materik. Uning eng katta va eng sersuv Amazonka daryosi 500 dan ortiq irmoqqa ega. Parana daryosi sersuvligi va uzunligi jihatidan materikda ikkinchi o‘rinda turadi. Bu daryoda dunyodagi eng keng (kengligi 2700 m, balandligi 2 m) Iguasu sharsharasi hosil bo‘lgan. Orinoko daryosida dunyodagi eng baland (1054 m) Anxel sharsharasi vujudga kelgan. Yozgi yog‘inlar davrida Parana va Orinoko daryolari to‘lib oqadi, qurg‘oqchil qish faslida juda kam suvli bo‘lib qoladi. And tog‘laridan boshlanib, Tinch okeanga quyiladigan daryolar kalta va kam suvlidir. Materikda ko‘llar kam. Eng yirik ko‘li - Marakaybo materikning shimolida joylashgan. U laguna ko‘llari ning tipik vakilidir. And tog‘laridagi Titikaka ko‘li Yer sharidagi eng balandda joylashgan katta va chuchuk ko‘ldir. U dengiz sathidan 3812 m balandlikda joylashgan. Janubiy Amerikaning tekislik qismlari yer osti suvlariga boy. Amazonka, Parana, Orinoko, Paragvay havzaiarida yer osti suvlari zaxiralari mavjud. Tog‘lar va yassitog‘liklarda buloq suvlari, qor va muzliklar ko‘p.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling