Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Amazoniya materikning eng katta botqoqlashgan pasttekisligidir


Download 1.14 Mb.
bet68/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Amazoniya materikning eng katta botqoqlashgan pasttekisligidir. U Gviana va Braziliya yassitog‘liklari oralig‘ida joylashgan. Bu pasttekislik platformaning botiq qismi dengiz, ko‘l va daryo yotqiziqlari bilan to‘lishi natijasida paydo bo‘lgan.Amazoniyaning g‘arbiy qismi ko‘p yarusli doimiy yashil ekvatorial o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlarda yo‘g‘onligi 15 quloch keladigan baland bo‘yli seyba - paxta daraxti, qimmatli yog‘och beradigan sedrella daraxti, xilma-xil palmalar, Braziliya nomining kelib chiqishiga sabab bo‘lgan pay brazil daraxti (qizil daraxt), kakao daraxti, kauchuk beradigan geveya daraxti o‘sadi. Suv bosmaydigan yerlarda sutli daraxt, qizil rangli mango daraxti, braziliya yong‘og‘i ko‘p uchraydi. Amazoniya hududidagi cho‘kindi jinslar orasidan neft, tabiiy gaz, rangdor metallar, marganets, temir konlari topilgan.
Braziliya yassitog‘ligi Amazonka va La-Plata pasttekisliklari hamda Atlantika okeani oralig‘ida joylashgan. U, asosan, eng qadimgi kristall va metamorfik tog‘ jinslaridan tuzilgan. Kristall jinslar orasida temir, olmos, oltin, uran rudalari, marganets, rangdor metall rudalarining katta konlari bor. Yassitog‘likning yuzasi chuqur daryo vodiylari bilan parchalangan, ular past-baland qirlarni eslatadi. Yassitog‘likning katta qismi subekvatorial va tropik, janubiy qismi esa subtropik mintaqalarda joylashgan. Shuning uchun bu o‘lkada yanvarning o‘rtacha harorati +22°N dan -29°N gacha, iyulning o‘rtacha harorati +12°C gacha kuzatiladi. Yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 1400-2000 mm ga teng.
Aholisi. Janubiy Amerikada 350 mln aholi yashaydi (2001 y.), ularning tarkibi juda murakkab. Materikka kishilar bundan 20 ming yillar ilgari Osiyodan kelgan. XVI asrda dastlab ispanlar bilan portugallar, keyinchalik esa Yevropa, Osiyo va Afrika mamlakatlaridan kelib o‘rnashgan. Hozirgi paytda Janubiy Amerikada insoniyatning har uchala irqi vakillari yashaydi. Lekin aholining tarkibi juda murakkablashib ketgan. Masalan, yevropaliklar bilan indeyeslarning chatishishidan hosil bo‘lgan avlodlar metislar, yevropaliklar bilan negrlar nikohi avlodlari mulatlar yashaydi. Indeyeslar bilan negrlar chatishmasi sambo deb ataladi. Aholining ko‘pchiligi ispan tilida, braziliyaliklar potrugal tilida so‘zlashadilar.




Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling