Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Download 1.14 Mb.
bet64/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Foydali qazilmalari.
Materikda rudali va noruda qazilma boyliklar ko‘p tarqalgan. And tog‘larining magmatik va metamorfik jinslarida mis, qalay, qo‘rg‘oshin, oltin, kumush, platina, noruda konlardan oltingugurt, bor, yod, tabiiy selitra mavjud. Braziliya yassitog‘ligidagi bazaltli va metamorfik jinslarda temir, olmos, uran, marganets, nikel, kobalt, volfram zaxiralari ko‘p. Bu yerdagi qazilma boyliklardan mis, qalay, molibden, volfram, kumush, qo‘rg‘oshin va rux dunyo ahamiyatiga ega. Cho‘kindi tog‘ jinslari to‘plangan botiqlarda neft, tabiiy gaz, toshko‘mir konlari bor.
Relyefi.
Janubiy Amerika hududi relyef tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi. Birinchisi tog‘li g‘arb. Bu deyarli meridianal yo‘nalishdagi eng uzun (9000 km) And tog‘ tizmalaridir. And tog‘lari ko‘p qismida tog‘ tizmalarini, markaziy qismida tog‘lik va yassitog‘liklarni (3500-4500 m) hosil qiladi. Bu yerda dunyodagi eng baland harakatdagi vulqon - Lyulyaylyako (6723 m), materikning eng baland nuqtasi Akonkagua (6960 m) va boshqalar bor. Materikning ikkinchi sharqiy qismi katta maydonlarni egallagan tekislik va yassitog‘liklardan iborat. Dunyodagi eng yirik Amazonka, nisbatan kichikroq La-Plata va Orinoko pasttekisliklari, ular oralig‘idagi Braziliya va Gviana yassitog‘liklari shu hududda joylashgan. Yassitog‘liklar yer yoriqlari va tor hamda chuqur daryo vodiylari bilan parchalangan.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
Xarita bilan ishlash
Darslikning 87 – betide berilgan 17 – rasm xaritadan foydalanib materikning eng chekka nuqtalari va foydali qazilmalarini topish va yozuvsiz xaritaga tushirish
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.


Uyga vazifa: 85 - 88 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 6 “A”, “B”
Mavzu: Janubiy Amerika iqlimi, ichki suvlari

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling