Mavzu: Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursida nimalar o’rganiladi? Darsning maqsadi


Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt Darsning borishi


Download 1.14 Mb.
bet63/110
Sana13.04.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1355435
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110
Bog'liq
Kons geo 6 - sinf

Dars jihozi: Xarita, globus, atlas, darslik, konspekt
Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzuni so’rash:
1) Antarktidada yoz va qish oylarida qanday o’zgarishlar bo’ladi?
2) Nega “Vostok” stansiyasini “sovuqlik qutbi” deb atashadi?
3) Antarktidada pingvinlarning qaysi turlari ko’p uchraydi?
4) Materik markazida yog’in miqdori qancha bo’ladi?
Yangi mavzu bayoni:
Dunyodagi eng sersuv daryosi, eng baland va eng keng sharsharasi, eng katta iloni, eng mitti «odamxo‘r» balig‘i, eng uzun tog‘i, eng katta daryo havzasi, eng balandda joylashgan chuchuk suvli katta ko‘li, eng baland harakatdagi vulqoni, eng qalin Amazoniya o‘rmonlari - «sayyoramiz o‘pkasi» bor. Eng sernam materik. Janubiy Amerika to‘liq G‘arbiy yarimsharda joylashgan. Uning shimoliy qismidan ekvator kesib o‘tadi. Shimoldan janubga 7000 km, g‘arbdan sharqqa 5000 km cho‘zilgan. U Amerika qit'asining bir bo‘lagi. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarining chegarasi shartli ravishda Panama kanali orqali o‘tkaziladi. Materikni g‘arbda Tinch, sharqda esa Atlantika okeani suvlari yuvib turadi.
Amerikaning kashf etilishi haqida aniq ma'lumotlar yo‘q. X.Kolumbgacha, ya'ni XV asrdan oldin Amerikaga xitoylar, yaponlar, finikiyaliklar, arablar, inglizlar, skandinaviyaliklar, okeaniyaliklar borganligi haqida dalillar topilmoqda. Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniy o‘zining «Hindiston» asarida Amerika quruqligining mavjudligini X.Kolumb kashfiyotidan 450 yil oldin bashorat qilgan. Jumladan, u: «Bizning tekshirishimizcha, Yerning shimoliy (ikki) choragidan biri quruqlik bo‘lganligidan uning hamqurt (diametral qarama-qarshisi) choragi ham quruqlik bo‘lishini taxmin qilamiz», deb aytgan. X.Kolumb «Yer shar shaklida» degan g‘oyaga asoslanib, Hindistonga g‘arbdan yaqin dengiz yo‘li bilan borish uchun safarga chiqadi. U 1492 yilning 12 oktabr kuni San-Salvador (ispancha xaloskor degani) oroliga keladi. Bu sana Amerika kashf etilgan kun tariqasida geografiya tarixiga kiritilgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davri ni boshlab bergan X. Kolumb o‘zining to‘rt marta Amerikaga qilgan safarlari chog‘ida ham o‘zi borgan yerlarini Hindiston deb o‘ylagan. Amerigo Vespuchchi (asli italiyalik, Ispaniya dengiz flotida xizmat qilgan) 1499-1504 yillardagi Janubiy Amerikaga uyushtirgan ikkita sayohati davrida birinchi bo‘lib bu yerlar Hindiston emas, balki yirik quruqlik - Yangi Dunyo ekanligini aytib, uning tabiatini mohirona tavsiflab yozadi. 1507 yildan boshlab Yangi Dunyoga Amerika deb nom berildi.

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling