Foydali qazilmalari. Materik zaminida qora va rangli metallar rudalari (mis, qo‘rg‘oshin), toshko‘mir, olmos, uran va boshqa qazilma boyliklar topilgan. Neft, gaz, grafit, slyuda va tog‘ xrustali kabi foydali qazilmalarning borligidan dalolat beruvchi belgilar aniqlangan.
Relyefi. Materik o‘rtacha balandligi bo‘yicha eng baland hisoblanadi. Muz qoplamining o‘rtacha qalinligi 2000 m atrofida. Muzning eng qalin joyi 4500 m ga boradi. Lekin muz tagi relyefining deyarli 70% i dengiz sathidan pastda joylashgan. Berd tekisligidagi Bentli cho‘kmasining muzsiz mutlaq chuqurligi -2555 m, muz tagi relyefining o‘rtacha balandligi esa 110 m. Bu jihatdan, Antarktida eng past materik hisoblanadi. Materikning eng baland qismi Elsuerd tog‘laridagi Vinson massividir. Janubiy Amerikadagi And tog‘larining bevosita davomi tariqasida Transantarktida zanjirli tizma tog‘lari materikni ikkiga bo‘lib turadi. Materikda uchta harakatdagi vulqon bor. Shulardan eng balandi - Erebus vulqoni (3794 m). Tog‘larning muzlardan chiqib turgan cho‘qqilarini fanda nunutaklar deb atashadi.
Yangi mavzuni mustahkamlash: Xarita bilan ishlash
Darslikning 81 – betide berilgan 15 – rasm xaritadan foydalanib, eng chekka nuqtalarni va asosiy hudud (relyef)larni topish
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 80 - 82 - bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish
yangi mavzuga tayyorlanish.
6-sinf Geografiya
Mavzu: Antarktida iqlimi. Organik dunyosi
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Antarktida iqlimi va organik dunyosi haqida nazariy bilim berish
b) O’quvchilarda estetik didni shakllantirish, axloqiy va mehnat tarbiyasini berish
v) O’quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: :
A2
geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |